275
Pedagogik tadqiqotlarning natijalaridan darslik va o’quv yoki o’quv-metodik
qo’llanmalarda foydalanish mumkin.
Darslik –
shunday kitobki, unda ma’lum bir o’quv predmetiga tegishli ilmiy bilimlar
asosi, dasturda ko’rsatilgan o’quv maqsadi va didaktik
talablarga mos holda bayon
qilinadi.
O’quv qo’llanma –
shunday kitobki, u yoki bu o’quv kursiga tegishli dasturdagi va
undan tashqari materiallar ham bayon qilinadi.
O’quv-metodik qo’llanma –
shunday kitobki, unda o’quv
materiali qismining
mazmuni va uni o’rganishga taalluqli tavsiyalar bayon qilingan.
Darslikka taalluqli didaktik talablar.
1. Didaktik prinsiplarni amalga oshirish:
- ilmiyligi va mosligi;
- ketma-ketligi va
tizimliligi;
- funksional ko’rgazmaliligi va abstraktligi;
- nazariya
va amaliyotning birligi;
- izchilligi;
- umumiy prinsiplarning gumanligi;
- diferensiallashgani va integrallashganligi;
-
interfaollikning qo’yilishi, o’quvchilarning
mustaqilligi va faolligini
ta’minlanganligi.
2. Kursning mazmunini yetakchi g’oyalar, nazariyalar va tushunchalar asosida
umumlashtirilishi – o’qitishning bosqichli-modul tizimining metodologiyasi.
Kursga qo’yiladigan metodik – metodologik
talablar hisobga olinmasa,
u talabalar
oldida yaxlit, mantiqiy bog’lanmagan, balki, u yoki bu masalalarga qo’llaniladigshan
ayrim usullar to’plami bo’lib qoladi. Har bir masala esa o’ziga xos yechish usulini talab
qiladi. Bu esa, o’qilayotgan kursni qo’pol, qiyin, umumiy g’oyasi yo’q
deb qarash
xavfini tug’diradi va uni to’laqonli o’zlashtirishga xalaqit beradi. Bunday xavf, darslikni
mualliflar jamoasi yozganda ko’payadi.
3. Berilgan predmet bo’yicha bilimlarning tarkibiy elementlarini aniqlash va
Dostları ilə paylaş: