Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə200/212
tarix14.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#178810
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   212
Navoiy davlat pedagogika instituti tasdiqlayman -www.hozir.org

muammo va mavzuni t
o’g’ri tanlash, asosiy bo’lib hisoblanadi.
Qo’yilgan muammo, dissertatsiyaning kirish qismida va tadqiqot maqsadida o’z
aksini topishi kerak. O’z navbatida, maqsad tadqiqot taktikasini aniqlaydi, ya’ni
muammoni hal qilishga qaratilgan aniq qadamlar qo’yishni va ularning ketma-ketligini
aniqlaydi.
Ijtimoiy Ta’lim jarayonintng O’qitish Tadqiqot
rivojlanish an’- amaliyotining natijalarini
buyurtma → analarini o’rganish → tahlili → nazariy tah-
lil qilish →
Adabiyotlarni Tadqiqot muam- Tadqiqotning Vazifalarni
nazariy tahlil mosini aniqlash ob’ekti va pred- qo’yish
qilish → va maqsad qo’yish → metini tanlash → →
Ishchi farazni Vazifalarni hal Tajriba-sinov Tajriba-
aniqlash → qilish yo’llarini → ishlari material- sinov ishlari
izlash larini ishlab chiqish → material
muho- larini kamaqilish va tasdiqlash



285
Tajriba-sinov Tadqiqot metodlari Tajriba-sinov


→ ishlarini o’tkazish → va vositalarini → ishlarini →
joyini va shart- tanlash o’tkazish
larini aniqlash
Mezonlarni Tajriba-sinov Natijalarni
ishlab chiqish → ishlarining → baholash va →
natijalarini qayta umumlashtirish
ishlab chiqish
Tadqiqotning asosiy Tadqiqot natijalarini Dissertatsiya va
natijalarini nashr → amaliyotga joriy qilish → avtoreferatni
qilish rasmiylashtirish
Dissertatsiya ustida ishlash jarayonida adabiyotlar bilan ishlash muhim o’rin tutadi.
Adabiyotga murojaat qilish, uni tanlash, uning ustida mantiqiy va uzluksiz ishlash,
muammoning xususiyatidan kelib chiqadi, tadqiqotchining aniq va samarali harakatlari,
muammoning aniq va mantiqan to’g’ri qo’yilganiga bog’liq.
Adabiyotlar bilan ishlashda quyidagi amaliy choralar samaralidir:
● ilmiy kutubxonadagi yoki kafedradagi himoya qilingan dissertatsiyalar katalogiga,
alfavit yoki tizimli katalogga murojaat qilish;
● yaqin bilimlar sohasiga diqqat bilan e’tibor berish;
● davriy ilmiy, maxsus nashrlar hamda fan klassiklarining g’oyalari bilan tanishish
ham juda foydalidir;
● bibdiografik nashrlar bilan ishlash. Bibliografik nashrlar mutaxassislarni kerakli
sohada nimalar nashr qilingani bilan tanishtiradi;
● referativ nashrlar bilan ishlash. Referativ nashrlar, asosiy daliliy ma’lumotlar va
xulosalarning mazmunini qamrab olgan referatlarning qisqacha bayonidan iboratdir;
● avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlariga, ma’lumotlar bazasi va bankiga
murojaat qilish;



286
● Internet va boshqa axborot-kommunikativ texnologiyalar manbaiga murojaat


qilish.
Ilmiy materialni o’rganishni eng fundamental ishlardan boshlash kerak. CHunki,
bularda mazkur mavzuga fandagi umumiy qarashlar bayon qilingan. So’ngra,
umumiydan xususiyga – asosiy holatlardan aniqlarga tomon o’rganishga g’arakat qilish
zarur. Mualliflari ushbu sohaning yetakchilari hamda o’ta ilmiy obro’li bo’lganlarning
asarlariga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Ilmiy obro’ga qarab yo’nalish olish –
haqqoniy axborotni chala haqqoniydan ajratishning yaxshi usulidir.
SHuni ta’kidlash lozimki, ilmiy obro’li manbalarga qarab yo’nalish olish, undagi
materialni ongsiz tarzda ko’chirib olishga turtadi. Dissertantning vazifasi – o’zining eng
yaxshi yutuqlariga asoslangan mustaqil qarashiga ega bo’lishi, bu esa, obro’li manbalar
bilan yaxshi tanishishi tufayli yuzaga kelishini tushunishdan iborat.
Fundamental ishlar bilan tanishgandan keyin, davriy nashrlardagi mavzu bo’yicha
ilmiy maqolalarni konspektlashtirish maqsadga muvofiqdir.. Maqolaning mazmunini
tushunish uchun, uning xususiyatidan kelib chiqib, ish ko’rish zarur.
Manbalardan olingan axborotlardan, dissertatsiyada to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita
foydalanish mumkin. Bevosita foydalanish deganda, matndagi muallifning fikridan,
tubdan o’zgartirilgan yoki qayta ishlangan (o’ziniki qilib olgan) holda, yoki izoh berib,
sitata shaklida foydalanish tushuniladi, hech o’zgarishsiz ko’chirib olish (plagiat) bilan
shug’ullanish mumkin emas. Agar sitata shaklida foydalanilsa, ushbu fikr tadqiqotchi
tomonidan sharxlanishi va to’ldirilishi zarur.
Magistrlar ushbu mavzuni qanday tushunganligini bilish uchun, quyidagi savollar
beriladi:
1.Tadqiqot ishi qanday rejalashtiriladi va reja-prospekt qanday yoziladi?
2. Tadqiqot jarayonida adabiyotlar bilan ishlash qanday o’rin tutadi?
3. Ilmiy tadqiqot ishini boshlashda ilmiy materialni o’rganishni nimadan boshlash
kerak?
4. Tadqiqot ishini olib borishda davriy nashrlarning o’rni qanday?

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin