1.1
Kirish
Ushbu dastur bo'lg'usi boshlang'ich sinf o'qituvchilariga tarbiyalovchi ta'lim sistemasini tushunib
olish, tabiatshunoslikni o'qitish asoslarini, uning uchun xos bo'lgan shakl, metod va uslublarini,
o'quvchilarning bilish faoliyatlariga rahbarlik qilishni o'rganib olishlariga
yordam qilish kabi
amaliy masalalarini o'z ichiga oladi.
1.2
Fanining maqsadi va vazifalari
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida yuksak, umumiy va kasb-hunar madaniyatiga,
ijodiy va ijtimoiy faollikka ega pedagogik kadrlarning yangi avlodini shakllantirish vazifasi
fanning asosiy maqsadidir.
Tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasining vazifalari qatoriga:
o'quv predmeti sifatida tabiatshunoslik
mazmunini aniqlash;
o'qitishning metod va uslublarini tadbiq qilish (zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalariga alohida e'tibor bergan holda);
zarur o'quv jihozlarini ishlab chiqish kiradi.
1.3 Fan bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma va malakasiga qo'yiladigan
talablar
Tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi fani bo'yicha bakalavr:
-Quyosh
sistemasi;
-geografik tushunchalar;
-o'simlik va hayvonot olami sistematikasi;
-"Atrofimizdagi olam" va "Tabiatshunoslik" fanlarining maqsad
va vazifalari;
-tabiat bilan tanishtirishning mazmuni;
-tabiatshunoslik o'qitish metodlari;
-tabiatshunoslik o'qitish
shakllari;
-tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari ishlar;
-tabiat bilan tanishtirishda mutafakkirlar merosidan foydalanish;
-tabiatshunoslik darslarida amaliy ishlarni
tashkil etish;
-tabiatshunoslik ta'lim va tarbiyasining mazmuni va tamoyillari
haqida tasavvurga
ega bo'lishi;
-tabiatshunoslik darslarini integratsiyalash;
-ta'lim texnologiyalarini qo'llay olish;
-tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari
ishlarni tashkil etish;
-fanlararo aloqadorlikni o'quv jarayoniga tatbiq etish;
-tabiat bilan tanishtirishda usul va vositalarni muvofiqlashtirishni bilish;
-darslarni tashkil
etish shakl va metodlari; -tabiatshunoslik darslari jarayonidagi interfaol
metodlar;
-tabiatshunoslik darslarini tashkil etish texnologiyalarini
bilishi va ulardan
foydalana olishi;
-tabiatshunoslik darslarida internet manbalarini qo'llash;
-nazariy va amaliy bilimlarning uzviyligini ta'minlash;
-yangi bilim berish jarayonida axborot texnologiyalarini qo'llash;
-dars jarayonida ijodiy qobiliyatlarni
shakllantirish;
-tabiatshunoslik darslarida innovatsion metodlarni qo'llay olish
ko'nikmalariga ega
Dostları ilə paylaş: