«tasdiqlayman» О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə97/139
tarix29.11.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#71249
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   139
«tasdiqlayman» Αquv ishlari bî‘yicha prorektor

Tayanch so’zlar: estetika, estetik ehtiyojlar, did, estetik idrok, rang san’ati, mimika san’ati, targ’ibot san’ati, to’garaklar.ekologik tarbiya, ekologik madaniyat, atrof – muhit, ekologik omil, tarbiyaviy mashg’ulotlar, tabiat qonunlari, E.Gekkel ta’limoti.
Estetik tarbiya va uning vazifalari - tarbiyalanuvchilarda estetik his-tuyg‘ u, estetik ong va munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli. Estetik tarbiya - bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo‘lgan inson shaxsini shakllantirish jarayoni. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzuga mos keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bo‘lgan inson shaxsini shakllantirishga mo‘ljallangan tarbiya sohasidir.
Estetik tarbiyaning maqsadi: tarbiyalanuvchilarda shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan axloqiy-estetik, insonparvarlik ideallarini, go‘zallikni ko‘ra olish, his qilish, tushunish va yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Estetik tarbiyaning vazifalari:

  1. tarbiyalanuvchilarni san’atdagi, atrofi-mizdagi go‘zallikni his qila olishga o‘rgatish;

  2. voqelikka estetik munosabatni qaror toptirish;

  3. estetik didni, go‘zallikni baholash qobiliyatini tarbiyalash.

Estetik madaniyatni shakllantirish - bu faqatgina badiiiy
dunyoqarashni o‘stirish, o‘qilgan kitoblar, ko‘rilgan kinofilbmlar, tinglangan musiqiy asarlar sonini ko‘paytirishgina emas. Aksincha, bu insonning hissiyotiga ta’sir ko‘rsatish, shaxs ma’naviyatini boyitish, xulq-atvorini boshqarish va tuzatishdir. Agar befarqlik, loqaydlik namoyon bo‘lsa, inson o‘zining antiestetikligini namoyon etadi. Agar o‘quvchi go‘zallikni his qilishning ijobiy odatlari, she’riyat, ijodiy mehnatnini o‘zlashtirgan bo‘lsa, u holda uning estetik madaniyatining yuqori darajada ekanligi haqida bemalol gapirish mumkin. Shunday odamlar borki, romanlar, she’rlar o‘qishadi, ko‘rgazma va konsertlarda ishtirok etadi, biroq ijtimoiy axloq me’yorlarini buzishadi. Bunday odamlar estetik madaniyatdan uzoq, chunki estetik qarashlar va estetik lazzatlanish ularning ichki dunyosiga kirib bormagan. Buning uchun shaxs estetik madaniyatini shakllantirishning muhim tarkibiy qismlari - estetik qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik ong, estetik mulohaza, estetik did, estetik idealni tarkib toptirish, ularning psixologik-pedagogik jihatlarini asoslash lozim.
Estetik madaniyatning tarkibiy qismlari:
Shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi sub’ektiv omillar estetik ehtiyoj deb ataladi.
Shaxsning estetik faoliyatiga, voqelik va san’at asarlarini estetik jihatdan o‘zlashtirishga kirishishi estetik qiziqish deb ataladi.
Ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida

  • nazariyalar, qarashlar, badiiy ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadigan xususiyat estetik ong deb ataladi.

Shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati estetik mulohaza deb ataladi.
Estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy normalar yig‘indisi orqali shakllanadigan va shaxsning narsa-buyum, hodisalarga estetik baho berishida yaqqol namoyon bo‘ladigan hodisa estetik did deb ataladi.
Shaxsning tabiat, jamiyat va san’atdagi maqsad tarzida idrok etadigan, takomillashgan go‘zallik borasidagi bahosining aks etishi estetik ideal deb ataladi.
Tarbiyaviy faoliyatning shunday shakllari borki, ular shaxsning estetik voqelikka munosabatini rivojlantirshga xizmat qiladi. Tarbiyaviy faoliyatning bunday shakllari 6. Estetik tarbiya vositalari deb ataladi.
Estetik tarbiya vositalariga tabiat, mehnat va san’at kiradi.
Mehnat takomillashgan sari, ayniqsa, jismoniy mehnat turlari texnikalashib borgani sari, ularning ko‘ngilli va ijodiy tabiati ortib boradi. Shu tariqa mehnat estetik tarbiyaning eng muhim omili bo‘lib qoladi. Qoloq ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi sharoitida har qanday mehnat turi shaxsga estetik ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir shaxs o‘z mehnatidan ko‘proq moddiy va ma’naviy manfaatdor bo‘lsagina, mehnat estetik tarbiya omili bo‘la oladi.
Estetik tarbiyaning eng muhim omili - bu tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda munosabatda bo‘lmay turib, estetik jihatdan rivoj­lanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas. Boshqacha ayt- ganda, tabiat hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan go‘zallik manbai.U estetik his-tuyg‘u, kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun boy material beradi. Ayniqsa, tabiat badiiiy obrazlar orqali ifodalansa, yanada o‘zining estetik jihatini yaqqol namoyon etadi.
Estetik tarbiya vositalari orasida san’at muhim o‘rin egallaydi. San’at voqelikka estetik munosabatning eng muhim shaklidir. Jamiyat estetik madaniyatining darajasi ko‘p jihatdan san’at rivojining darajasi, uning ijtimoiy hayotda qanchalik ko‘p ahamiyat kasb etishiga bog‘ liq.
San’at estetik tarbiya vositasi sifatida har bir shaxsga mo‘ljallanganligi bilan, dunyoga keng va ochiq ko‘z bilan qarash tuyg‘usini shakllantirish, nafosatni bevosita mushohada etish, yuksak orzu-umidlar yo‘lida ijodkorlik qobiliyatini vujudga keltirishi bilan izohlanadi.
Estetik tarbiya - bu hayotga, mehnatga, ijtimoiy faoliyatga, tabiatga, san'atga, shaxsiy xulq-atvorga estetik munosabatni maqsadga yo`naltirgan holda shakllantirishdir.
Estetika lotincha aistnesis-hissiy idrok demakdir. Estetika kishi tomonidan dunyoni estetik o'zlashtirish qonuniyatlari to'g'risidagi go'zallik qonuni bo'yicha ijod qilishning mohiyati va shakli haqidagi fandir.
Estetika dunyoni estetik o'zlashtirishning ob'ektiv asosini kishining ijodiy, amaliy maqsadga yonaltirilgan faoliyati sifatida belgilab beradi, bunda ularning tabiat va jamiyatni o'zgartirishga yonaltirilgan ijtimoiy mohiyati va bunyodkorlik kuchi ochib beriladi.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya) bu o’quvchilarni voqelikdagi, san'atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go’zallikni idrok qilish hamda to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotiga go’zallik olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Nozik didli bo’lish, go’zallikni fahmlay va qadrlay olish, badiiy madaniyatni tushunish, xullas, o’z hayotini go’zallik qonunlari asosida ko’ra olish komil insonning eng zaruriy fazilatidir.
Nafosat tarbiyasi, eng avvalo, har bir kishida badiiy hissiyot tuyg’ularini, badiiy didni tarbiyalashdir. Bundan yuksak nafosatlilik aql-zakovatdan holi bo’ladi, degan ma'noni tushunmaslik kerak. Shaxsning barkamol inson bo’lib shakllanishida bu ikki tomon bir-birini to’ldiradi. Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhimki, did-farosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda – har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan. Donolardan biri go’zallik axloq-odobning tug’ishgan singlisidir, degan edi. Darhaqiqat, bu juda to’g’ri ta'rif. Odatda odob va nafosat tarbiyasi natijasi axloq-odobda, chiroyli xatti-harakat, go’zal munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga, tabiatga muhabbatda ko’rinadi.
Xalqimiz: "Kamtarlik ham xusn", deydi. Mana shu birgina iborada chuqur ma'no bor. Nafosat tarbiyasi tufayli yoshlarda kamtarlik xislati tarkib topadi. Bu xislat kishilarning eng go’zal, eng chiroyli belgisidir. "Kishining chiroyi yuzida", deydi xalqimiz. Bir go’zal tabassum kishilarga misoli quyosh bo’lib, qalblarga iliq nur taratadi. Kishi biror asarni o’qib, chehrasi yorishib ketadi. Yoki yoqimli biror kuy, ashula tinglasa, boshi mayin tebranadi, biror go’zal rasm, manzarali tasvirga boqib undan ko’z uzolmay qoladi, qalbi quvonchlarga to’ladi.
Estetika rassomga o'z ijodini anglashga, o'z yo`lini topib olishga, g'oyaviy kurashda o'z pozitsiyasini belgilab olishga, pedagogga esa umumiy madaniyat, san'at qonunlari haqida bilim beradi, o'z fanining estetik imkoniyatlarini tushunishda yordam beradi.
Kishilarning estetik didini o'stirish estetikaning muhim vazifasidir. Hozirgi vaqtda estetikaning muhim sohalari: mehnat, turmush, xulq-atvor va sport estetikasi kabilar rivojlanmoqda.
Estetika- estetik his-tuyg'u- tabiatni, hayot va san'atdagi go'zallikning mohiyati hamda qonuniyatini to'g'ri tushunish imkonini beradi.
Ancha ilgari kishi mehnat faoliyati jarayonida uni o'rab olgan narsalarning go'zalligini his etish, ularning shaklini, rangini, vazifasini idrok etish, kishilar xulq-atvoridagi odobli va odobsiz harakatlarni farqlash, go'zallik qonuni asosida buyum va narsalar bunyod etish qobiliyati rivojlangan. Kishidagi bu qobiliyatni estetik idrok yoki estetik hissiyot deb yuritiladi. Estetik hissiyot- bu ijtimoiy his-tuyg'udir. Bu hissiyot kishi tabiatni o'zgartira borib, mehnat jarayonlarini takomillashtira borib o'z shaxsiy tabiatini o'zgartira va qayta o'zgartira berishga qarab rivojlangan holda boyigan.
Go'zallikning o'zi nima?
Go'zallik tabiatdami, jamiyatdami yoki kishi tomonidan bunyod etilgan narsadami, u qaerda mavjud bo'lishidan qat'iy nazar, har doim ham o'zida ijtimoiy mazmun kasb etadi.
Biz estetik jihatdan baholayotgan sifatlar ob'ektiv ravishda mavjud va u ongimizdan tashqaridadir. Biroq ular kishi ongiga qanchalik ta'sir ko'rsatsa, kishida shunchalik kechinmalar hosil qiladi hamda shu darajada baholanadi, estetik qiymatga ega bo'ladi.
Estetik qarashni ob'ektiv va sub'ektiv jihatdan bir deb qaralsa ham shuni ko'zda tutish kerakki, sub'ektivlik faqat individuallik emas. Sub'ektivlik- bu kishiga xos, kishining ijtimoiy turmushi tufayli shartlangan olamga munosabati bilan bog'liqdir. Shu boisdan aytish mumkinki, individuallik umuminsoniylik, tarixiylik, milliylikning o'ziga xos o'zgarishidir. Jamoatchilik estetik fikrlarning to'g'riligini aniqlovchi mezon hisoblanadi.
Voqellikka bo'lgan estetik munosabatdan quyidagi estetik tarbiya vazifalari kelib chiqadi:


    1. Yüklə 1,4 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin