Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor



Yüklə 30,31 Kb.
səhifə5/6
tarix01.03.2023
ölçüsü30,31 Kb.
#86092
1   2   3   4   5   6
savollar ruyxati

Talab qilinadi:

  1. Auditor rejalashtirish jarayonida mijoz haqidagi yana qaysi hujjatlarni to’plash kerak va tekshirish o’tkazishning qaysi usullaridan foydalanishni rejalashtiradi.

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

Masala. “KPMG” auditorlik firmasining auditori Djon Veyxmeyer o‘zining malakaviy xizmati to‘g‘risida matbuotda va radioda reklama qilib, mahoratlilik darajasi va boshqa auditorlarga nisbatan yuqori malakali ekanligini e’lon qildi. Shuning bilan birgalikda xizmati uchun to‘lanadigan so‘mmani ham oshkor qildi.


Talab qilinadi: Auditor Djon Veyxmeyerga kasbiy etika me’yorlariga rioya qilgan holda qanday bo‘lishi haqida maslahat bergan bo‘lar edingiz?


Masala. «Ernst & Young» auditorlik kompaniyasining 3 kishidan iborat auditorlari «Gross insurance» sug‘urta kompaniyasini auditdan o‘tkazmoqda. Auditorlardan biri korxona bosh direktori muoviniga yaqin qarindoshchiligi borligi aniqlandi.
Talab qilinadi:

  1. Bunday holda auditning etika me’yorlariga zid bo‘ladimi?

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.



Masala. Professional mulohaza auditni lozim tarzda oʼtkazish uchun ahamiyatli hisoblanadi. Buning sababi shundaki, tegishli axloqiy talablar va АXSni talqin qilish, shuningdek auditni oʼtkazish jarayonida talab etiladigan xabardorlik asosida qarorlar qabul qilish faktlar va vaziyatlarga nisbatan tegishli bilimlar va tajribani qoʼllashni taqozo etadi. Professional mulohaza qanday qarorlar qabul qilishda ayniqsa talab etiladi ?


Masala.Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qoʼllaniladigan asosi aksariyat hollarda standartlarni ishlab chiqish boʼyicha vakolatli yoki eʼtirof etilgan tashkilot tomonidan belgilangan moliyaviy hisobotlar standartlarini yoki qonun hujjatlari yoki tartibga soluvchi organlarning talablarini qamrab oladi. Аyrim hollarda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish asosi standartlarni ishlab chiqish boʼyicha vakolatli yoki eʼtirof etilgan tashkilot tomonidan belgilangan moliyaviy hisobotlar standartlari va qonun hujjatlari yoki tartibga soluvchi organlarning talablarini ham oʼz ichiga olishi mumkin. Boshqa manbalar moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qoʼllaniladigan asosini qoʼllash boʼyicha qoʼllanma taqdim etishi mumkin. Аyrim hollarda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qoʼllaniladigan asosi boshqa manbalarni ham qamrab olishi yoki hatto faqat shunday manbalardan iborat boʼlishi mumkin. Boshqa manbalarga nimalar misol boʼla oladi?


Masala. Siz o’zingizga bir necha yildan beri mijoz bo’lib kelayotgan «Ray» nomli kichik korxonaning moliyaviy hisobotini tekshirish bo’yicha shartnoma imzoladingiz. Siz ushbu vaqtda boshqa tashkilotning xizmatini qilayotgan edingiz, shu boisdan siz o’z yordamchingiz (auditor yordamchisi)ni mazkur mijoz korxonaga jo’natdingiz va debitor qarzlarni tekshirishni boshlashni tayiinladingiz. Siz jo’natgan yordamchingiz o’tgan hisobot davridagi ishchi hujjatlarndan foydalangan holda schetlar qoldig’ini aniqladi, debitorlarni xronologik tarzda ajratdi, debitor qarzlarni tasdiqlash uchun 3-shaxslarga so’rov jo’natdi, qarz va kreditlarni tasdiqlovchi hujjatlarni o’rgandi. Bundan tashqari u debitor qarzlarni undirishning qonuniyligi va ehtimolligi bo’yicha dalillar to’pladi. Siz uning ishi natijalarini va to’plagan ishchi hujjatlarini ko’rib chiqib, yordamchingiz o’tgan hisobot davri hujjatlaridan to’g’ri foydalanganiga amin bo’ldingiz.

Yüklə 30,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin