Talab qilinadi: Bunday vaziyatda auditning kamchiliklari va afzalliklari nimadan iborat?
Masala. Sizning auditorlik firmangiz o’tgan hisobot yili uchun mijozining moliyaviy hisobotini tayyorlab berdi. Uch haftadan keyin mijozingiz sizga telefon qilib, hujjatlarning birida xatolikka yo’l qo’yilganligi to’g’risida arz qilmoqda.
Talab qilinadi:Shunday xatoliklarni oldini olish uchun ish sifatini nazorat qilish bo’yicha qanday choralar ko’rilishi lozim?
Masala. Audit o’tkazish davomida, bosh auditor yordamchi auditorga tashkilotning soliqqa solish hisob-kitoblarni amaldagi qonunga to’g’ri kelishini tekshirish vazifasini yukladi. Yordamchi auditor tekshirishni o’tkazib bo’lgach, hech qanday xatolik aniqlanmaganligi to’g’risida axborot berdi. Bir haftadan keyin hisobot tayyorlandi.
Masala. Oradan ikki oy o’tgach, soliq inspektsiya yillik hisobotni tekshirib tashkilotning soliqqa solish hisob-kitoblarida bir qator xatoliklarni aniqladi. Firmaning mijozi kam to’langan soliq va jarimalarni to’lashi lozim. Mijoz ushbu xatoliklar auditorlik tekshirish davomida nega aniqlanmadi deb so’ramoqda.
Talab qilinadi: Ushbu holatga nima sabab bo’lib xizmat qildi?
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.
Masala. Bir necha hafta mobaynida tadbirkor Safarov A va auditor viloyatlar bo’ylab sayohat qilmoqda. Tadbirkor A. Safarov sayohati davomida turli xil korxonalarda hissa qo’shish imkoniyatini qidirmoqda. Auditor tadbirkorga kapital qo’yish borasida maslahatlar berishi hamda tadbirkor bilan sherikchilik asosida tashkil qilingan korxonaning yillik hisobotini tekshiruvdan o’tkazishi zarur.
Talab qilinadi: Yillik hisobotni tekshirayotganda auditorlarning mustaqillik tamoyilidan kelib chiqqan holda auditorga ham maslahatchi ham auditor deb baho berish mumkinmi? Holatlarni tahlil qiling.
Masala. «ALFA» firmasi 2020 yilning mart oyida ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida kredit olish uchun bankka murojaat qildi. Bank firmadan 2019 yil yillik hisobotini ishonchliligini tasdiqlab beradigan auditorlik xulosasini so’radi. «ALFA» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiladigan korxonalar turkumiga kirmaganligi sababli auditorlik tekshiruvini o’tkazmagan edi. Lekin 2019 yilning noyabr oyida soliq inspektsiyasi tomonidan hujjatli tekshiruv o’tkazilgan bo’lib, firma bankga ushbu tekshiruv dalolatnomasini taqdim etdi.
Talab qilinadi: Bank ushbu tekshiruv dalolatnomasini auditorlik xulosasi sifatida qabul qilishga haqlimi?
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.
Masala. Auditorlik firmasida mijoz korxonaning quyidagi buxgalterlik, iqtisodiy va huquqiy hujjatlari mavjud:
Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, pul mablag’larining xarakati va xususiy kapital to’g’risidagi hisobotlar, balansga tushuntirish xati, biznes reja, buyruq va xo’jalik shartnomalari, korxonaning shtat jadvali, hujjat aylanish grafigi, o’tgan yilgi auditorlik tekshiruvi xulosasi.