Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə135/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

2-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu:Yashil suvo`tlar bo`limi. Volvokslar, ulotrikslar va protokokklar tartibi
Yashil suvo`ttoifalar bo`limi vakillarini bir hujayrali, kolonial, ko`p hujayrali va hujayrasiz shakllari mavjud. Xarakatchan vakillarida ikkita ba`zan to`rtta bir xil uzunlik shakldagi xivchinlarga ega. Hujayrasi odatda bir yadroli. Xloroplastlari Yashil, ko`pincha pirenoidli. Hujayrada ularning son, kattaligi, shakli turlicha bo`ladi. Zahira mahsulot sifatida kraxmal va yog` to`planadi. Vegetativ, jinssiz va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Jinsiy ko`payishi xilma-xilligi Bilan farqlanadi.
Bo`limning 15000 tacha turlari mavjud. Ular uchta ajdodga bo`linadi: Isosontophyseae – Xar - xil xivchinsimonlar, Sonjugatophyseae - Kon`yugatsimonlar, Sharophyseae-Xarasimonlar.
Har-xil xivchinsimonlar tallomi bir hujayrali, kolonial, va ko`p hujayrali bo`ladi. Ajdod Volvosales, Protosossales, Ulotrishales, Siphonales va boshqa qabilalarni o`z ichiga oladi. Kon`yugatsimonlar ajdodi vakillari bir yoki ko`p hujayrali bo`ladi. Ularning taraqqiyot tsiklida xarakatchan faza mavjud emas. Zoospora va gemetalar hosil qilmaydi. Jinsiy ko`payishi somatogamiya yoki kon`yugatsiya. Ajdod Zygnematales, Desmidiales va boshqa qabilalarga ega. Xarasimonlar ajdodi vakillari murakkab Shoxlangan tallomga ega. Vegetativ ko`payishi rizoidlari yoki tallomdan hosil bo`lgan maxsus tugunaklar yordamida amalga oshadi. Jinssiz ko`payishi kuzatilmaydi. Jinsiy ko`payishi-oogamiya. Ko`p hujayrali vakillarida jinsiy ko`payishi organlari oogoniya va va anteridiyalar hisoblanadi.
Darsning maqsadi: Xlamidomonada va vol`voksning sistematik o`rni, tuzilishi va ko`payishini o`rganish.
Ko`rgazmali qurol va jihozlar: Xlamidomonada (Shlamydomonas) va vol`voks (Volvox)ning tirik materiali, shu suvo`tlarning doimiy preparatlari, jadvallar, kitoblar, mikroskoplar, buyum va qoplagich oynalar, pipetka.
ISHNING BAJARILISHI

  1. Klassifikatsiyasi bilan tanishish.

Bo`lim: Yashil suvo`ttoifalar - Chlorophyta
Ajdod: Teng xivchinsimonlar - Chlorophysaea, Isosontai,
Qabila: Volvoksnamolar - Volvosales
Turkum: Xlamidomonada - Chlamydomonas
Turkum: Volvoks - Volvox
Turlari Volvox globator, Volvox carteri
2. Pipetka bilan xlamidomonadali suvdan bir tomchi olib predmet oynasiga tomiziladi, qoplagich oyna bilan yopib, mikroskopning kichik va katta ob`ektivlarida ko`riladi. Preparatda tirik xlamidomonadalar tomchi suvda hamma tomonga harakatlanib turganligin ko`rish mumkin. Xlamidomonada katta ob`ektivda ko`rilganda hujayrasi oval shaklida, qobiq bilan o`ralgan, unda ikkita xivchin aniq ko`rinadi. Xromatofori kosachasimon pirenoidli. TSitoplazmaning ichida yadro, qizil ko`zcha (stigma) va ikkita vakuol ko`rinib turadi.
Xlamidomonada jinssiz va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Jinsiz ko`payishda zoosporalar hosil bo`ladi va hujayralar koloniyasi paydo bo`lib, ular shilimshiq modda bilan qoplangan bo`ladi. Keyinchalik hujayralar shilimshiqdan ozod bo`lib, harakatlanishni boshlaydi. Jinsiy ko`payishda 34-62 tagacha gametalar hosil bo`lib, izogamiya yo`li bilan qo`shilib, zigota hosil qiladi va keyinchalik zigotada meyoz jarayoni o`tib, to`rtta zoospora hosil bo`ladi.
Tomizgich bilan volvoksni bankadan suv tomchisi bilan olib, mikroskopni kichik keyin esa katta ob`ektivlarida qaralganda volvoks hujayrasining yirik, 2-3 mm. diametrli sharsimon koloniyasi ko`rinadi. SHarning chetlarida bir qavat hujayralar joylashgan, koloniyada hujayralar miqdori 500 dan to 60 000 tagacha etadi. Sanashga xarakat qilib ko`ring. SHarning ichki qismi shilimshiq bilan to`lgan. Hujayralar koloniyalar ichida bir-biri bilan plazmodesma ipchalari yordami birikkanligiga, tashqi tomonga hujayralardan ikkita xivchin chiqib turganligiga e`tibor bering.
Jinssiz ko`payishda qiz koloniyalar hosil bo`ladi. Volvoksda faqat 8-10 reproduktiv hujayra bo`ladi, ularning protoplasti uzunasiga bo`linib, yangi tsenobiy koloniyalarni shakllantiradi.
Volvoksda jinsiy jarayon – oogamiya. Erkak hujayralari – anteridiylarda ikki xivchinli sarg`ish spermatozoidlar etiladi. Urg`ochi hujayralar – oogoniy bitta yirik tuxum hujayralar yuzaga keladi.
Tuxum hujayra spermatozoid bilan qo`shilib, zigota hosil qiladi. U qalin po`st bilan o`ralib tinim davriga o`tadi. O`sib chiqayotganida diploid yadrosi reduktsion bo`linib, to`rtta gaploid yadro va to`rtta zoospora hosil qiladi. Zoosporalardan esa yangi volvokslar hosil bo`ladi.
3.Ko`rganlarini barchasi albomga chizib olinadi.

.

5-rasm. Xlamidomonada.
A.1rasm. Xlamidomonadaning umumiy ko`rinishi. 2.Xlamidomonadadan zoosporalarni hosil bo`lishi. B. 1 Izogametalarning shakllanishi. 2. Izogametalarning suv muhitiga chiqishi.
3. Izogametalarni qo`shilishi. 4-5. Zigota hosil bo`lib, po`st bilan o`ralishi. 6. Zigotadan zoosporalarni suv muhitiga chiqarilishi

6-rasm. Vol`voks.
A. Volvoks ona xujayrasi ichidagi qiz hujayralar. B. Koloniyaning tuxum hujayrali va qiz koloniyali qismi




Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin