6-Amaliy mashg ‘ulot Mavzu: SHilimshiqlar bo`limi va xitridiomisetsimonlar sinfi.
SHilimshiqlar (MyxoMysota) bo`limi 500 ta turlarini o`z ichiga oladi. Ular xlorofillsiz bo`lib, tuzilishi va hayot tarzi jihatdan xilma-xil organizmlardir. Ular orasida tuproqda, go`ngda o`simlik qoldiqlarida erkin harakat qiluvchi turlari, bulardan tashqari suvo`tlarda, suvda yashovchi zamburug` va yuksak o`simliklarda parazitlik qiluvchi vakillari ham bor.
Ayrim turlari mikroskopik o`lchamda bir yoki ko`p yadroli amyobasimon shaklda bo`lsa, ba`zi turlari bir necha santimetrga etib, vegetativ tanasi yirik ko`p yadroli bo`lib, tsitoplazmasidan plazmodiyalar shakllanadi.
Ko`pchilik shilimshiqlar vegetativ bosqichida amyobasimon hujayralar shaklida bo`lib, oddiy bo`linish yo`li bilan ko`payadi. Boshqa shilimshiqlarning plazmodiyali vakillarida vegetativ bosqichida plazmodiyalari katta bo`lmagan qismlarga ajralib, keyinchalik ulardan ikki xivchinli zoosporalar shakllanadi.
SHilimshiqlarning turli guruhlarida rivojlanish bosqichlari turlicha o`tadi. Masalan, erkin yashovchi plazmodiyali vegetativ tanali shilimshiqlarda rivojlanishining ma`lum davri plazmodiyalar holatiga va muhit sharoitiga bog`liq bo`lib, meva tanasida qattiq qobiq bilan o`ralgan sporalar shakllanadi.
Etilgan sporalar tuproqda qulay sharoit tug`ilgach o`sadi, undan bir-biriga teng bo`lmagan ikkita silliq xivchinli zoosporalar yoki amyobasimon hujayralar shakllanadi. Bular bo`linishi yo`li bilan ko`payib, o`zaro qo`shiladi. Hosil bo`lgan diploid xujayradan, keyinchalik plazmodiyalar shakllanadi. Psevdoplazmodiyali shilimshiqlarda jinsiy jarayon kuzatilmaydi, balki psevdoplazmodiyalar amyobasimon hujayralarning agregatsiyasi natijasida hosil bo`ladi.
SHilimshiqlar bo`limi tuzilishi va taraqqiyot bosqichini turlicha bo`lishiga qarab qo`yida ajdodlarga bo`linadi: Protosteliomtsetsimonlar (Protosteliomysetes), miksogastromitsetsimonlar yoki haqiqiy xivchinlilar (Myxodasteromysetes), Plazmodiyaforasimonlar (Plasmodiophoromysetes), akroziomitsetsimon yoki hujayra shilimshiqlari (Asrosiomysetes).