Darsning maqsadi: Pinnulyariyaning sistematik o`rni, tuzilishi va ko`payish xususiyatlarini o`rganish.
Ko`rgazmali qurol va jihozlar: Pinnulyariyaning tirik materiali, qoplag`ich va buyum, oynachalar, pipetka, mikroskop, kitoblar, jadvallar.
ISHNING BAJARILISHI
1. Klassifikatsiyasi bilan tanishish
Bo`lim: Diatomtoifalar - Basillariophyta Ajdod: Patsimonlar - Pennatophyseae Qabila: CHoklilar - Raphinales Turkum: Pinnulyariya – Pinnularia Tur: P. borealis. 2. Diatom suvo`tlarning yilning turli faslarida oqmaydigan suv havzalari, hovuzlar, buloqlar va anhorlarda bentos va plankton holda uchratish mumkin. Pinnularia ni kuzatish uchun diatomlar mavjud suvli bankachadan pipetka yordamida 1 tomchi suv olib, buyum oynachasiga qo`yiladi. So`ngra qoplagich oyna bilan yopilib, mikroskopning avval kichik ob`ektivida ko`riladi. Ob`ektivda turli shakldagi katta-kichik diatom suvo`tlar ko`rinadi. Ularni orasida pinnulyariyani anchagina yirik hujayrasi ajralib turadi. Katta ob`ektivda pinnulyariyaning tavaqalari tomonidan qaralganda ellipssimon yoki cho`ziqroq shaklda bo`lsa, tavaqalar o`rtasidan uzunasiga o`tgan chok ko`rinadi. Hujayrasining 2 uchki va o`rtasi kengaygan bo`lib, tugunlari deb ataladi. TSitoplazmasining aylanma harakati natijasida choki orqali tashqariga chiqadi va shu bosimga qarama-qarshi tomonga qarab pinnulyariya harakatlanadi. Tavaqalarning chetlaridan pallalarning parallel qovurg`achalari hosil bo`ladi. Qovurg`achalar choklarga etmasdan tavaqalarning ichki tomonidan ko`ndalangiga ketgan xonalarga ajratadi. Tirik pinnulyariya tsitoplazmasida, unda osilib turgan yadro, vakuol va plastinkasimon, qo`ng`ir rangli 2 ta xromotoforlari mavjud. Bo`lardan tashqari hujayrada yog` tomchilari leykozin va volyutin to`planadi. Bu qismlarni barchasini hujayrani tashqaridan qoplab turgan-epiteka va gipoteka qoplab turadi.
Pinnulyariya va boshqa diatom suvo`tlarni tuzilishini doimiy preparatlarda ham o`rganish mumkin.
Pinnulyariya vegetativ yo`l bilan ko`payishda hujayra protoplasti bo`kib, hajmi kattalashadi va ikala sovutbir-biridan ajraladi. Hujayra yadrosi mitoz bo`linib, protoplast ham ikkiga ajraladi. Hosil bo`lgan protoplastlarni birida ona hujayradan olgan epiteka, ikkinchisida esa gipoteka bo`ladi. So`ngra ular etishmagan tomonini tiklaydi, lekin ikkala hosil bo`lgan hujayralarning gavdasi gipotekadan kichik bo`ladi. Bu jarayon bir necha marta takrorlanishni natijasi hujayralari kichiklanib ketadi.
O`lchami kichiklashib ketgan hujayra, jinsiy ko`payish orqali o`z o`lchamini yana tiklab oladi.
13-rasm. Pinnulariya
1-4 –Pinnulariyaning old va yon tomonidan ko`rinishlari. 5- Pinnulariyaning vegetativ ko`payishi.
Pinnulyariyaning jinsiy ko`payishi kon`yugatsiyasiga o`xshash. Bunda ikki hujayra bir-biriga yaqinlashadi. Ular suvo`tlarini tashlagach, o`zlaridan shilimshiq modda ajratadi. YAqinlashgan har bir hujayra yadrosi reduktsion bo`linib, to`rtta gaploid yadro hosil bo`ladi. Ba`zi turlarida hosil bo`lgan gaploid yadrolardan uchtasi, ayrim turlarida ikkitasi degeneratsiyaga uchraydi. Qolgan bita yadrodan ikkita gameta etiladi. Ulardan bittasi amyobasimon harakatlanib, joyida saqlangan ikkinchi hujayra gametasi bilan qo`shiladi. Hosil bo`lgan zigota kattalishib, aukosporaga aylanadi. Aukospora hosil bo`lgach, zigota po`sti yorilib, aukosporada chiqariladi. Voyaga etgan aukospora po`sti bilan o`ralib, pinnulyariyaning normal o`lchamli vegetativ diploid xujayrasini hosil qiladi.
3. Mikroskopda ko`rilganlarni barchasi al`bomga chizib olinadi.