Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə151/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Ishning borishi
Gametofiti. O`simliklarning sporalari mikroskop ostida o`rganib rasmi chizib olinadi. Sporalaridan qulay sharoitda o`simta yoki protonemalar hosil bo`ladi. O`simtani ipsimon suvo`tlaridan farqi aniqlanadi. O`simtadagi kurtaklar topiladi. Ulardan barg poyali o`simlik hosil bo`ladi. O`simtalarning rasmi chizib olinadi. O`simlik gerbariydan yoki tirik holatda ko`rib chiqiladi. Poyaning pastki va Yuqorigi qismi qanday rangda ekanligi, barg joylashishi, barglarining bir xil yoki har xil rangda ekanligi aniqlanadi.
Poya va barglarning ichki tuzilishi bilan tanishish uchun poyaning barg bilan qoplangan joyidan kesik olinib, mikroskopda qaraladi. Poyaning chetidagi qoraroq hujayralar po`stloq, markazidagilari esa o`tkazuvchi bog`lam hosil qiladi. Po`stloq qatlamining ichki va tashqi hujayralari qanday rang va qalinlikda ekanligi aniqlanadi. Hujayralarning tashqi qavati mexanik to`qimani, ichki esa asosiy to`qimani hosil qiladi. Asosiy to`qimaning bazi joylaridagi mayda hujayralar gruppasiga etibor beriladi. Bular barg izlari hisoblanadi.
Mikroskopda bargning ko`ndalang kesimiga qarab, unda qanday qismlar ko`rinishini, assimilyasiya hujayralari qanday joylashganligi aniqlanadi. Bargni ko`ndalang kesimini rasmini chizing.
Kakku zig`iri ikki uyli o`simlik. Jinsiy organlari poyaning uchida joylashgan. Gerbariydan urg`ochi va erkak o`simliklariga qarab chiqiladi. Ular bir biridan nimalar bilan farqlanishiga etibor beriladi. Mikroskopda urg`ochi o`simlik poyasining uchidan bo`yiga kesilgani qarab chiqiladi. Arxegoniylar nima bilan o`ralganiga, kakku zig`iri arxegoniylari orasidagi mevasiz parafiza iplariga etibor beriladi. Urg`ochi o`simlik poyasi uchining bo`yiga kesimining rasmi chiziladi. Erkak o`simlik uchining bo`yiga kesimi mikroskopda qaraladi va rasmi chizib olinadi.
Sporafiti. Urug`langan tuxum hujayra rivojlanib sporafit hosil qiladi. Mikroskopda ko`sakchaning ko`ndalang va bo`yiga kesimi qarab chiqiladi. Preparatda uning tubidagi qismlari apofiza, ko`sakcha, qopqoqcha, ustuncha, sporangiysi, sporangiy bandi (ustuncha) va ko`sakchaning devoriga biriktiradigan iplar, peristoma topiladi. Ko`sakchaning ko`ndalang va bo`yiga kesilgan kesimining rasmi chizib olinadi.


Savollar.
1. Moxsimonlar bo`limi vakillariga xos bo`lgan belgilarni ko`rsating?
2. Ulardagi nasl gallanishini tuShuntiring?
3. Vegetativ organlarda qanday to`qimalar borligi haqida malumot bering?
4. Kakku zig`iri va funariya gametofiti tuzilishidagi farqlarni bayon eting?
5. Ularning vegetativ ko`payishi haqida nimalarni bilasiz?

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin