Savollar.
1. Cho`qmoqsimon plaunning tashqi tuzilishi haqida nimalarni bilasiz?
2. Plaunlardagi nasl gallanishi moxlarning nasl gallanishi bilan solishtirib, farqini ko`rsating?
3. Cho`qmoqsimon plaunning vegetativ, jinsiy, jinssiz ko`payishini tuShuntiring?
4. Plaunning o`tkazuvchi bog`lamining tipini ayting?
5. Plaunlar o`sadigan ekologik muhitni izohlang?
6. Cho`qmoqsimon plaunlarning amaliy ahamiyati nimada?
7. Cho`qmoqsimon plaunning gametofiti necha jinsli?
13 - Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Qirqbo`g`imtoifalar bo`limi (Equisetophyta).
Qirqbo`g`imsimonlar sinfi (Equisetopsida).
Dala qirqbo`g`imini (Equisetum arvense) tuzilishini o`rganish.
Kerakli jihozlar: Dala qirqbo`g`imini tirik obekti yoki gerbariysi, sporali boshoqlari, lupa, mikroskop, o`simlik rasmlari. Qirqbo`g`im turkumining boshqa turlari gerbariysi.
Sinf: Equisetopsida – Qirqbo`g`imsimonlar.
Qabila: Equisetales – Qirqbo`g`imnamolar
Oila: Equisetaceae – Qirqbo`g`imdoshlar
Vakillari: Equisetum arvense – Dala qirqbo`g`imi
Equisetum ramossisimum – Shoxlangan qirqbo`g`im
Bu bo`lim vakillari sporali yuksak o`simliklar orasida sporali poyasining bo'g'im va bo'g'im oraliqlariga aniq ajralganligi hamda barglarning halqasimon joylashganligi bilan ajralib turadi. Qirqbo'g'imlarning ko'pchilik turlari bizgacha yetib kelmagan. Hozirgi turlari yer ostida ildizpoya hosil qiladi. Barglari juda kichik, ular yon novdalarining o'zgarishidan kelib chiqqan.
Hozirgi kunda bu bo`lim vakillarining barchasi o`t o`simliklari hisoblanadi. Daraxtsimon vakillari esa bizgacha yetib kelmagan. Qirqbo'g'imlarning o'tkazuvchi bog'lamlari kollateral tipda. Ksilemasining o'tkazuvchi elementlari turli tipdagi traxeidlardan tashkil topgan. Floemasi to'rsimon naylar va parenxima hujayralardan iborat. Sporofillari poyaning spora hosil qiluvchi zonasida vegetativ barglar bilan navbatlashib yoki poyaning uchida faqat sporofillardan iborat holda spora boshoqlarida halqasimon joylashgan.
Dala qirqbo`g`imi ko`p yillik o`simlik bo`lib poyasi bo`g`imlarga bo`lingan. Uning poyasi ikki xil ko`rinishda bo`ladi, yani bahorgi va yozgi. Bahorgi poyasi qo`ng`ir rangda, poya uchida sporali boshog`i bo`ladi, yozgi poyasi Yashil rangda, Shoxlangan bo`ladi, poya uchida sporali boshoqlari bo`lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |