Darsning maqsadi: vertitsellum va fuzarium zamburug`larining sistematik o`rni, tuzilishi va taraqqiyotini o`rganish.
Kerakli material va jihozlar: G`o`za, zig`ir, kartoshka o`simliklarining zamburug` bilan zararlangan poya, barg va ildizlarining gerbariylar va ho`l preparatlari, lupa, mikroskop, pintset, jadval va kitoblar.
2. Gerbariydan vertitsellum zamburug`i bilan zararlangan g`o`za yoki kartoshka bargi va poyasi avval lupa ostida qaraladi. Lupa ostida konidiylarini ko`rish mumkin. Mikroskopda qaralganda esa zamburug`ning konidiya bandlari halqa shaklida joylashganligini va ularning uchida alohida-alohida joylashgan konidiyalarni aniq ko`rish mumkin. Konidiyabandlar va konidiyalarni rasmlari chizib olinadi.
Vertisillum dahliae gifomitsetnamolar ajdodining muhim vakil hisoblanadi. U juda xavfli bo`lib, g`o`zada so`lish (vilt) kasalligini keltirib chiqaradi.
G`o`zaning furazium zamburug`i bilan zararlangan ildizini gerbariy materiali yoki ho`l preparatdan namuna olib, mikroskopning kichik va kata ob`ektivlarida qaraladi. Katta ob`ektivda bir-biridan farq qiluvchi makrokonidiyalarni va mikrokonidiyalarni ko`rish mumkin.
Mikrokonidiyalar urchuqsimon yoki o`roqsimon bo`lib, 4-10 ta hujayralardan tashkil topgan. Mikrokonidiyalar esa kichik va bir hujayrali, yoki ikki to`siqli konidiyalardan iborat. Mikrokonidiya va makrokonidiyalarni rasmlari chizib olinadi. Fuzarium turkumi vakillari tabiatda keng tarqalgan bo`lib, tuproqda, o`simlik qoldiqlarida saprotrof yashaydi. Ular madaniy o`simliklarda yashab, so`lish kasalligi keltirib chiqaradi. Fusarium oxysporum degan vakili g`o`za, zig`ir, sabzavot va ba`zi manzarali o`simliklarning ildizida yashab, fuzarin kislotasini ajratadi. Bu kislota o`simlik to`qimalariga zararli ta`sir ko`rsatib, hujayralarni turgorlik xususiyatini buzadi. Natijada o`simlik avval so`lib, keyin quriydi.
Ko`rilganlarning barchasini rasmlari al`bomga chizib olinadi.