Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə156/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Gametofit. Qulay sharoitga tushgan spora o`sa boshlaydi va undan murtak rivojlanadi. Lupa yordamida murtakning shakli va rangi aniqlanadi. Murtakning ost tomoniga joylashgan jinsiy organlar o`yilgan joyga yaqinroq joylashgan qorni bilan murtak to`qimasiga kirib olgan kolbasimon arxegoniy, murtakning tor joyida rizoidlar orasida joylashgan yumaloq anteridiylar mikroskopda ko`riladi. Murtakning ko`ndalang kesimida anteridiy va arxegoniylar tuzilishi o`rganiladi. Arxegoniy necha qavatdan iboratligi va u qanday hujayralardan iboratligi, Shuningdek anteridiylar tuzilishi ham o`rganiladi.
Qirqquloqlarning rivojlanish shakli va sxemasini chizing.

Savollar.


1. Ulardagi jinssiz va jinsiy ko`payishni gapiring?
2. Ildizpoyasining tashqi tuzilishida qanday qavatlar mavjud?
3. Erkak qirqquloqning vegetativ ko`payishini izohlang?
4. Erkak qirqquloq o`sadigan ekologik muhit haqida tuShuncha bering?
5. Ular qanday amaliy ahamiyatga ega?
6. Erkak qirqquloqning gametofiti va sporafitining tashqi tuzilishini bayon eting?
7. Qirqquloqsimonlarning daraxtsimon vakillariga misollar keltiring?


15 - Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Qarag`aytoifalar (Pinophyta) bo`limi
Oddiy qarag`ayning (Pinus sylvestris) tuzilishini o`rganish


Kerakli jihozlar: Oddiy qarag`ay, qoraqarag`ay, savrning gerbariylari yoki tirik obyekti, turli ninabarglilarning erkaklik va urg`ochi qubbalari, poyasining ko`ndalang kesigi, mikroskop.
Sinf: Pinopsida – Qarag’aysimonlar
Qabila: Pinales – Qarag’aynamolar
Oila: Pinaceae – Qarag’aydoshlar
Vakillari: Pinus silvestris – Oddiy qarag`ay

Qarag’aynamolar qabilasi bitta Qarag’aydoshlar (Piniaceae) oilasidan iborat bo’lib, 10 ta turkum va 250 taga yaqin turni o’z ichiga oladi. Qarag’aydoshlar asosan doim Yashil, qisman bargini to’kuvchi daraxt hamda ayrim yotib o’suvchi butalardan tashkil topgan. Barglari ignasimon, tangachasimon, ingichka nashtarsimon, turlicha kattalikda. Qarag’aydoshlarning barglari asosan ko’p yillik bo’lib, 2-7 yilgacha to’kilmaydi. Qubbalari ayrim jinsli. Changchi qubbasidagi mikrosporofillarda 2 tadan mikrosporangiy (changdon) joylashgan. Changlar shamol yordamida tarqalishga moslashgan. Urug’kurtakli (urug’chi) qubbasining qoplag’ich tangacha barglari qo’ltig’ida urug’ tangachalar o’rnashgan bo’lib, uning yuzasida urug’kurtak joylashgan. Urug’lari qanotchali.


Oddiy qarag`ay (Pinus silvestris) O`zbekistonda manzarali o`simlik sifatida ekib o`stiriladi. Qarag`ay poyasining anatomik tuzilishi eustel tipda. Nay-tolali bog`lamlari esa ochiq kollaterial. Yog`ochligi traxeidlardan tashkil topgan. Poya po`stlog`ida, yog`ochligida, barglarida efir moylari mavjud.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin