Kompressor usuli quduqlarni o‘zlashtirishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usuldir. Quduqning o‘zlashtirilishi oldidan NKQ quduqqa tushuriladi, quduq usti favvora armaturasi bilan jihozlanadi. Quvur orqa fazosiga haydovchi quvur uzatma orqali harakatlanuvchi kompressor biriktiriladi yoki gaz chizig‘i orqali yuqori bosimli gazkompressor stansiyasiga ulanadi.
Quduqqa gaz haydalganda suyuqlik quvur oralig‘i fazosida NKQ-ni bashmoqigacha siqiladi yoki NKQ – ni qo‘yirish teshigigacha (3÷4 mm). Bu teshik oldindan quduq ustidan 700-800 m masofada bajarilgan va NKQ – ga yorib kiradi. Gaz NKQ – ga to‘plangandan so‘ng suyuqlikni gazlantiradi. Quduq tubida bosim pasayadi. Gazni sarfini boshqarib, quvurlardagi gaz suyuqlik aralashmasini zichligi o‘zgaradi, shu bilan birgalikda quduq tubidagi bosim ham o‘zgaradi. (Rqud.tubi) Quduq tubidagi bosim Rqud.tubi < Rqat shart bajarilganda quduqqa suyuqlik va gaz oqimini kirib kelishi boshlanadi. Barqaror oqim olingandan so‘ng quduqda doimiy barqaror ish rejimiga o‘tiladi. Bu usulda qatlamda katta depresiya olish mumkin, ayniqsa quduq tubi zonasini samarali tozalash mumkin.
Qatlamdagi mustahkam jinslar sharoitida (qumoktoshlar, ohaktoshlar) g‘ovaklik muhitini kolmatatsiya materiallaridan jadal tozalashga olib keladi.
Quduqni bir tekis ishga tushirish uchun quduqqa kompressor yordamida quvur orqa fazosi orqali aeratsiyali suyuqlik haydaladi. Quduqni bir tekis ishga tushirish uchun quduqqa kompressor yordamida quvur orqa fazosi orqali aeratsiyasi suyuqlik haydaladi.
Hozirgi paytda siqilgan havo yordamida quduqlarni o‘zlashtirish taqiqlangan bo‘lib, ko‘chma UKP-80 yoki KS-100 markali stansiyalardan foydalaniladi. Kompressor KS-80 bosimni 8 MPa gacha ko‘tarib, 8 m3 dan, sarf haydaydi, KS-100 stansiyasi esa 100 MPa bosimda 16m3 dan sarfda haydaydi. Siqilgan havo portlash xavfi bo‘lganligi uchun qo‘llanilmaydi.
Hozirgi paytda siqilgan havo yordamida quduqlarni o‘zlashtirish taqiqlangan bo‘lib, ko‘chma UKP-80 yoki KS-100 markali stansiyalardan foydalaniladi. Kompressor KS-80 bosimni 8 MPa gacha ko‘tarib, 8 m3 dan, sarf haydaydi, KS-100 stansiyasi esa 100 MPa bosimda 16m3 dan sarfda haydaydi. Siqilgan havo portlash xavfi bo‘lganligi uchun qo‘llanilmaydi.
Ishlatish tizmasida suyuqlikni aralashtirib chaqirish usulida zichligi yuqori bo‘lgan suyuqlik kichik zichlikka ega bo‘lgan suyuqlikka aralashtirib, NKQ orqali perforatsiya teshigini yuqori chegarasigacha tushiriladi. (Quvur orqa halqasiga nasos agregati yordamida zichligi katta bo‘lgan suyuqlik siqiladi. Bunda NKQ ga zichligi katta bo‘lgan suyuqlik haydalib, NKQ ga zichligi katta bo‘lgan suyuqlik siqiladi. Bunda zichligi kichik bo‘lgan suyuqlik quduq tubiga tushiriladi va NKQga etib boradi. Quduq tubida bosim pasaya boshlaydi. Qaysiki, quduq tubidagi bosim qatlam bosimidan kichik bo‘ladi, qatlamga deprissiya hosil bo‘ladi, mahsuldor gorizontdan oqimning kelishiga imkon tug‘iladi. Agar mahsuldor qatlam tog‘ jinsi yoriqlaridan shakllangan bo‘lsa, unda suyuqliklarni aralashtirish bir nechta bosqichda olib boriladi. Bunda har bir bosqichda suyuqliklarning zichligi oldingisidan kichik bo‘ladi.