2.23. Quduq tubidagi bosimni kompressor yordamida pasaytirish jihozlari ishini o‘rganish
Quduqning tubidagi bosimni pasaytirib oqimni chaqirish maqsadida kompressorning qo‘llanilishi eng ko‘p ishlatiladigan usullardan biridir. Bunday usulda oqimni chaqirish quduq ustiga o‘rnatilgan jihozlar amalga oshiriladi, buning uchun qatlamga keskin yoki bir tekis depressiya hosil qilinadi.
Quduqlarning chuqurligiga, tizmaning chidamligiga va jihozning mavjudligiga qarab, quduq tubidagi bosim har xil texnologik jarayonlarni mukamallashtirish orqali amalga oshiriladi. Quduqdagi suyuqlikning bir qismini almashtirib gaz havo yordamida siqib chiqarish siqilgan havoning oqimini yo‘nalishini o‘zgartirib, qo‘shish klapanlari va teshiklarni qo‘llab; quduqka har bir butun havoni haydab; ko‘piklar yordamida yuvish. Har bir usullar o‘zining texnologik sxemalari orqali amalga oshiriladi.
2.24. Gaz yordamida suyuqlikni siqish qurilmasining ishini o‘rganish
2.24. Gaz yordamida suyuqlikni siqish qurilmasining ishini o‘rganish
Eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, UKP-80 ko‘chma kompressor qurilmasi yordamida, uzatish sarfi 8 m3/daq va maksimal bosim 8 MPa ga/teng.
KS-16-100 kompressor qurilmasi kamroq qo‘llanib, uzatish sarfi 16 m3/min bosimi 10 MPa, KPU-16-250 esa – 25,0 MPa bosim hosil qiladi.
Ishlatish tizmasining diametri va quduqqa tushirilgan NKQning diametrini quduqdagi suyuqlikning zichligini bilgan holda, quduqda suyuqlik sathini tushirish chuqurligi h-ni har xil quvvatdagi kompressor qo‘llab amalga oshirish mumkin.