Nasos agregatining otma tizimida bosim Rmax qiymatdan pastga tushganda, kompressor yordamida yana gaz (havo) haydaladi. Bosim Rmax-ga etganda kompressor to‘xtatiladi va yana qaytadan nasos agregati suyuqlik haydaydi. Nasos agregatining va kompressor qurilmasining navbatma-navbat ishlashi NKQ orqali gaz chiqquniga qadar davom ettiriladi. NKQ orqali birinchi qat-qat gaz chiqib kelgan paytda, bostirish kuchi va gazning kengayishining energiyasi hisobiga NKQ-dagi suyuqlikning otilmasi sodir bo‘ladi va gaz yorib kiradi. Bunday holat qatlamga tezkor depress paydo bo‘lishi bilan kuzatiladi. Quduqdan navbatdagi qat-qat suyuqlik va gazning otilib chiqishi kuzatiladi. Kompressor qurilmasini normal ishida va NKQ-dan gazsuyuqlik aralashmasini chiqishi tajribali mutaxassislar yordamida 2500÷3000 metr chuqurlikdagi quduqlarga gaz haydab va uning chiqishini yozib olish usullarida amalga oshirish mumkin.

Ba’zida qisqa muddatli, qatlamga tezkor depressiya hosil qilishda quduqqa faqat qat-qat havoning o‘zi haydaladi va nasos-kompressor quvurning boshmoqigacha bostiriladi.

Kengaygan gaz, porshen sifatida NKQdagi suyuqlikni itarib chiqaradi, buning evaziga NKQning boshmoqida past bosimli zona paydo bo‘ladi, qatlamga depressiya kuchayadi va qatlamdan oqimning kelishi uchun sharoit paydo bo‘ladi. Undan keyin suyuqlik quvurning orqa halqasi tomondan NKQni to‘ldiradi va qandaydir sathda o‘rnatiladi hamda depressiya qatlamga pasayadi.
Agar oqim mavjud bo‘lmasa jarayon qaytadan takrorlanadi. CHuqur quduqlarda qat-qat gaz yordamida maksimal depressiyani hosil qilib bo‘lmaydi. Bunda ishlatish tizmasi va qatlamda o‘zgaruvchan qiymat zo‘riqishlar paydo bo‘lib, tizmaning deformatsiyalanishiga sabab bo‘lishi mumkin.