Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə16/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Nektarlar. O‘zidan qandli suyuqlik nektar chiqaradi va hasharotlarni jalb etadi. Ular odatda, gulda joylashgan bo‘ladi. Nektarlarni ajratuvchi hujayralar quyuq sitoplazmaga ega bo‘lib, modda almaShunuvida faol qatnashadi.
Gidatodlar deb suv va suvda erigan tuzlarning maxsus teshikchalar yordamida chiqarilishga aytiladi. Ular bargning xlorenxima o‘tkazuvchi naylarini hosil qiluvchi epitema deb ataladigan yupqa pardali hujayralardan tashkil topgan. Gidatotda xlorenxima to‘qimalaridan atrofdagi hujayralar bilan ajralgan. Epitemaga ichki tomondan suv o‘tkazuvchi traxeidlar orqali keladi va subepidermal bo‘shliqqa to‘planadi. O‘sha bo‘shliq ustida suv yorig‘i bo‘lib, uning ikkita tutashtiruvchi hujayralari bor, ular mudom ochiq turadi va ortiqcha suv yorig‘i orqali tomchilatib chiqaradi. Bu hodisa guttatsiya deb ataladi. Guttatsiya vositasi bilan o‘simlik tanasida to‘planib qolgan suv va tuzlar chiqarib tashlanadi.
Tashqariga sekret chiqaruvchi to‘qimalarga hasharotxo‘r o‘simliklarning hazm bezlari ham kiradi. Bu bezlar chiqaradigan shira tarkibida ferment va kislotalar bo‘lib, tutilgan hasharotlar hazm etiladi.
Sekretlarni saqlovchi to‘qimalar idioblastlar shaklida bo‘lib, boshqa to‘qimalar orasida joylashadi. Efir moylari to‘planadigan idioblastlar magnoliyaguldoshlar, lavrguldoshlar, karnayguldoshlar oilalariga xos xususiyatlardan hisoblanadi.
Sekretlarni saqlovchi to‘qimalar, asosan, barglarda naylar yoki kanallar shaklida bo‘ladi. Ular sxizogen yoki lizigen yo‘l bilan yuzaga keladi. Sxizogen naylar yoki kanallar zich joylashgan hujayralarning bir- biridan ajralishi yoki uzoqlashishi natijasida hosil bo‘ladi. Ularning atrofi bir-biri bilan zich tutashgan yupqa pardali tirik epiteliya hujayralari bilan o‘ralgan.
Lizogen hujayra oralig‘i, hujayra qobig‘ining erib ketishi natijasida vujudga keladi, hosil bo‘lgan kanallarda efir moylari to‘planadi (masalan, limon, apelsin, mandarinda).
Ba’zi o‘simlik (masalan, sutlama, koki, anjir, tut, ko‘knor) larning novda va barg hujayralari vakuolasida oq rangli sutsimon shira to‘planadi. O‘simlik tanasi jarohatlanganda sut yo‘llari deb ataladigan tirik hujayralardan shira ajralib chiqadi. Bu shiraga lateks deyiladi. Lateks tarkibida qand, oqsil, alkaloid kabi birikmalar bo‘ladi.
O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘iston tog‘larida tovsag‘iz va ko‘ksag‘iz o‘sadi. Bu o‘simliklarning ildizpoya va barglarida kauchuk-lateks (sut shirasi) to‘planadi.
SAVOLLAR:
1.Assimilyasion to‘qimalarning vazifasi nima ?
2.Xlorofill qaysi yoshdagi hujayralarda ko‘p bo‘ladi ?
3.G‘amlangan moddalar nima ishtiroki



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin