5-Mavzu: Lishayniklar bo`limi
Reja:
1. Lishayniklar tuzilishi
2. Lishayniklar tarqalishi va oziqlanishi
Lishayniklar. Lishayniklar tanasi zamburug` va suv o`tlarining simbioz bir - biriga moslashgan holatda yashashi natijasida paydo bo`lgan organizm bo`lib hisoblanadi. Lishayniklar tarkibiga zamburug`lardan xaltachali, bazidiyali, suvo`tlardan ko`k, Yashil suvo`tlari vakillari kiradi. Zamburug` gifalari bilan suvo`tini o`rab olib, u bilan birga o`sadi.
Lishayniklar avtotrof o`simliklardir. Lishayniklar tashqi ko`rinishi jihatidan xilma- xil ular kulrang, sariq, qo`ng`ir, qizil ba`zan qoramtir ranglarda bo`ladi. Lishayniklar tanasining morfologik tuzilishiga ko`ra 3 guruhga bo`linadi.
YOpishqoq yoki po`stloqsimon - ular eng sodda tuzilgan keng tarqalgan tollomi yupqa, qobiqsimon, substratga juda maxkam yopishadi.
Bargsimon yoki plastinkasimon tollomi oddiy yaproq ko`rinishda bo`lib, rizoidga o`xshash o`simtasi bilan birikadi. Ularni butunligicha ajratib olsa bo`ladi.
Butasimon yoki Shoxlangan. Tallomi birmuncha murakkab tuzilgan, tik o`sadi, butaga o`xshab Shoxlaydi. Tog`larda uchraydigan kladoniya, shimolda o`sadigan bug`i lishaynigi va yolli lishayniklar shular jumlasidandir. Lishaynik-lar tabiiy sharoitda asosan vegetativ ko`payadi. Ularning mo`rt tallomi qurib oson maydalanadi, shamol va hayvon vositasid uzoq erlarga tarqaladi. Shuningdek ular maxsus ko`payish organi-soriydiy va izidiylar vositasida ham ko`payadi.
Kladoniya lishaynigi 10-15 ts biomassa beradi. Bo`yi 20 smgacha etadi. Bug`ular uchun oziq-ovqat hisoblanadi. Lishayniklarda uglevodlar to`planadi. Shuning uchun oziq-ovqat sifatida, dori tayyorlashda foydalaniladi. Ulardan efirmoyi, glyukoza, spirt, lakmus, bo`yoqlar olinadi.
Savollar
1. Lishayniklar tuzilishi haqida nima bilasiz
2. Lishayniklar tarqalishi va oziqlanishining o ‘ziga xos xususiyatlari
6-Mavzu: Kirish. Yuksak o‘simliklarning umumiy tavsifi. Riniyatoifalar (Rhynophyta) o‘simliklar bo‘limi. Yo‘sintoifalar (Bryophyta) o‘simliklar bo‘limi.
Reja:
Kirish
Yuksak o`simliklar sistematikasining tarixi
Taksonomik kategoriyalar
Yuksak o`simliklar klassifikasiyasi
Sistematikaning ahamiyati
Riniofitsimonlar-Rhyniophyta bo`limi umumiy tavsifi.
1. Moxsimonlar bo`limining umumiy tasnifi.
2. Moxsimonlar bo`limining sistematikasi. Jigarsimon moxlar vakillarining morfologik-anotomik tuzilishi.
3. Barg poyali sinfning umumiy xarakteristikasi.
Kirish. Organizmlarning kelib chiqishini evolyutsion va ularning o`zaro munosabatlarini tuShuntirishda sistematika biologiya fanining asriy tarmoqlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bir guruh biologik olimlar sistematika- bu xilma-xil yoki har xil organizmlardan tashkil topgan fandir, deb ko`rsatadi. Haqiqatdan ham, olam va undagi mavjud narsalar bir xil kelib chiqishga va tuzilishi ham bir xil bo`lganda sistematikaga hojat bo`lmagan bular edi. Ammo, olam va undagi mavjudotlarning kelib chiqishida hamda ularda xilma-xillik mavjuddir.
Adabiyotlarning ma`lumotiga ko`ra, yer sharida 1 mln. tur hayvonlar (hozirgi kunda esa bu ko`rsatkich 2 mln.dan ortiq deb ko`rsatilyapti), o`simliklar 350 ming tur (hozirgi kunda botaniklarning fikricha bu ko`rsatkich 0,5 mln.) deb ko`rsatilmoqda. Bularni o`rganish va ularni ma`lum bir sistemaga solish biologiya fani oldidagi asosiy masalalardan biri bo`lib hisoblanadi. Ya`ni asosiy maqsad aniq maqsadli florogenetik klassifikasiya sistematikasini yaratishdir.
O`simliklar sistematikasi botanikaning eng muhim va katta bir qismi bo`lib, unda o`simliklar dunyosining kelib chiqishi, bir-biri bilan qarindoshliq darajasi, o`zaro munosabati va tarixiy rivojlanishiga qarab klassifikatsiya qilinadi. Shunday qilib, o`simliklar sistematikasi filogenetik sistema yaratish borasida ish olib boradi, o`simlik turlarini hisobga oladi, ya`ni ularning ro`yxatini tuzadi va xarakterli belgilarini tasvirlaydi hamda taksonlarga: turkum, oila, tartiblarga ajratadi.
Dostları ilə paylaş: |