Chinniguldoshlar (Caryophyllaseae) oilasi. Bu oilaga 80 ta turkumga mansub 2000 ta tur o`simlik kiradi.O`zbekistonda 24 turkumga oid 122 turi o`sadi. Bu oila vakillari bir yillik, ko`p yillik o`tlar bo`lib, barglari qarama-qarshi joylashgan. Gullari 5 doirali. Changchilari 4-5-10 ta, urug`chisi 1-2-5 ta, tugunchasi ustki, mevasi ko`sak. Ular yer sharining hamma zonalarida o`sadi.
Chinniguldoshlar oilasiga mansub 10 ta tur O`zbekiston qizil kitobiga kiritilgan. Chinniguldoshlar oilasining Buhoro vohasida 9 turi uchraydi(2 rasm).
Sho‘radoshlar oilasi-Chenopodiaceae.Bu oilaga 100 dan ortiq turkum va 1500 tur kirib,Shundan O‘zbekistonda 43 turkum va 180 turi o‘sadi. Bu oila vakillari qiyofasi xar xil bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlar, chala butalar, ba’zan, buta va kichik-kichik daraxtlar kiradi. Ko‘pinchasyersuv, tuksiz yoki har xil tukli bo‘ladi. Barglari yon bargsiz, plastinkasi va bandi yaxshi taraqqiy etgan yoki reduksiyalangandir: ba’zan butunlay bo‘lmaydi. Plastinkasi yirik, yassi shakllaridan tortib, ipaksimon, bigizsimon va silindirsimonlari ham bo‘ladi.
Gullari mayda, ko‘rimsiz, ikki jinsli yoki bir jinsli bo‘lib,to‘pgulga yig‘ilgan. Gulqo‘rg‘oni 1-5 ta Yashilroq yoki oqish pardasimon barglardan tuzilgan.Gullarda 1-5 ta changli bo‘lib, ular gulqo‘rg‘on barglari ro‘parasiga joylashadi.Urug‘chisi 2-5 mevabargchadan tuzilgan.Tugunchasi ustki, bir uyli va bir urug‘kurtakli. Shamol yoki hasharotlar yordamida changlanadi. Mevalari yong‘oqcha yoki rezavor, ba’zan to‘pmeva bo‘ladi.
Lavlagi turkumi (Beta). Bu turkum vakillari bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir. Ularning 10 turi ma’lum bo‘lib, Kavkazda, Eronda, O‘rta Dengiz bo‘ylarida yovvoyi holda o‘sadi.
Oddiy lavlagi-(B.rsulgaris). Bu ikki yillik o‘simlik bo‘lib, birinchi yili urug‘dan uzun bandli, yirik qizilroq rangli to‘pbarglar va oziq moddalarga boy yo‘g‘onlashgan"ildimeva" hosil qiladi. Ikkinchi yili serShox, bir oz uzun,uchlari to‘pgullar bilan tugovchi poya vujudga keladi. Sharsimon to‘pgulda, ikki jinsli 5 ta gulqo‘rg‘on bargli 1-8 ta gullari bo‘ladi. Changisi 5 ta bo‘lib, gulqo‘rg‘on barglarning qarshisida joylashgan, urug‘chisi 3 meva bargli, tugunchasi chala ostki bo‘lib uyali. Mevasi gulqo‘rg‘on barglari bilan qo‘shilib o‘sgan yong‘oqchadir. Lavlagining mevasi botanika nuqtai nazaridan qaraganda noto‘g‘ri bo‘lsa ham aholi o‘rtasida urug‘ deb Yuritiladi. Ekiladigan lavlagi navlari ko‘p bo‘lib ular 4 xilga bo‘linadi.
1. Qand lavlagi-ildizmevasi cho‘zinchoq noksimon yoki cho‘ziq bo‘ladi tarkibida 22 foizgacha qand bo‘ladi.
2. Xashaki lavlagi-ildizmevasi ancha yirik,lekin tarkibida qand oz bo‘ladi.
3. Osh lavlagi yoki sabzavot lavlagi.
4. Barg lavlagi yoki mongold,uning qalin syershira bargi bo‘lib, u ovqatga ishlatiladi.
Sho‘ra turkumi-(Chenopodium). Bu turkum vakillari bir yillik,ikki yilik va ko‘p yillik buta o‘simliklaridir.Oq sho‘ra (Ch.abbum). Bir yillik, serShox, barglari bandli 2 tomonidan unli g‘uborlar bilan qoplangan o‘simlikdir. Bu eng ko‘p tarqalgan begona o‘tlardan biri bo‘lib, sug‘oriladigan ekinlar orasida o‘sadi.
Sassiq sho‘ra-(Ch.vilvaria). O‘ziga xos o‘tkir hid chiqaradigan bir yillik begona o‘tdir. Barglarning 2 tomoni ko‘kimtir, gulqo‘rg‘oni unsimon g‘uborli bo‘ladi. Sug‘oriladigan ekinlar bilan birga, Shuningdek, hovlilarda, yalangliklarda uchraydi. Teresken (Eurotia), izen (K.prostrata) saksovul (Haloxylon) va x.k shu oila vakillaridir. Shirali sho‘ralar sho‘r bosgan tuproqda o‘sadigan. Ularda suv saqlovchi to‘qimalar borligidan bu o‘simliklar tuzni juda ko‘p singdiradi. Shirali sho‘ralar tarkibidagi kul moddasi miqdori jihatidan boshqa o‘simliklardan ro‘yrost ajralib turadi. Ulardagi quruq modda miqdori o‘simlik og‘irligining 50% ni tashkil qiladi. Masalan; qizil sho‘ra (Salicornia hyerbacea). Ko‘pchilik sho‘ralarda poyasining tagi yog‘ochlanadigan bo‘ladi. Ular ba’zan aylanasi 70 sm ga boradigan va bundan ham oshadigan katta - katta butalar holida o‘sadigan bo‘lganidan o‘tin o‘rnida ishlatiladi, sahro va yarim sahro rayonlarida iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga egadir.
Sho‘radoshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati. Bu oila vakillarining xususiyatlaridan biri ularning tarkibida natriy xlorid, kaliy karbonat, kaliy sulfat va natriy sulfat tuzlari ko‘p bo‘lishidir. Yana bu o‘simliklarda saponinlar, ozgina efir moyi, anabazin va salsalin alkaloidlari, urug‘larida moylar, yyer ustki qismida organik kislotalar va fermentlar bo‘ladi. Bularning iqtisodiy jihatdan eng ahamiyatli bo‘lganlaridan biri lavlagidir. Lavlagi sabzavot o‘simligi sifatida yeramizdan 4000 yil burun ekila boshlagani ma’lum. Hozirgi kunda lavlagi qand sanoatining asosiy xom ashyosidir, Shuningdek ovqatga ishlatiladi, mollarga yediriladi. Saksovullardan yoqilg‘i, yosh Shoxlardan yem-xashak sifatida foydalaniladi. Sassiq sho‘ra tarkibida bo‘yoq moddalari bor.