Gul formulasi: Ca3 -5Co∾ A∾G∾-
Mevasi: yong`oqcha yoki rezavor meva. Oilaning aksariyat vakillari suvda o`suvchi manzarali o`simlik sifatida o`stiriladi. Ildiz poyasi kraxmalga boy.
Oilaning xarakterili vakili-oq Nilufar (Nymphaea alba). Uning bargi Yuraksimon, qattiq, suvda suzishga moslashgan. Guli bandli, gul kosacha barglari 4 ta Yashil rangli, tojbarglari va changchilari cheksiz, urug`chisi bir necha meva bargchalarining qo`shilishidan shakllangan. Tugunchasi o`rta, mevasi – rezavor ko`p urug`li. Urug`i endosperm va perispermli. Urug` po`stida suvda suzib yurishga yordam beruvchi havo bo`shliqlari bo`ladi. Bu tur Sirdaryo va Amudaryo deltalarida uchraydi. Oilaning ikkinchi vakili – Sariq nilufar (Nuphar luteum). Bu o`simlikni ham belgilari Yuqoridagilarga o`xshab ketadi. Faqat tarqalish jihatidan Irtish daryosi sohili va Balxash ko`llarida tarqalgan. Yana bir turkum Viktoriya (Victoria regia) bo`lib, u Amyerikadagi Amazonka daryosi xavzasining qirg`oqlarida uchraydi. Barglari 2 m, Guli 35 sm gacha bo`lib, 50 kg gacha Yukni ko`tara oladi. Bu xam maxsus havzalarda o`stiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Jizn` rasteniy. IV-V-VI tomlar, 1981.
Taxtadjyan N.L. Sistema florogeniya svetkovыx rasteniy. M. Nauka, 1966.
Kamarniskiy N.A va boshqalar. Botanika. 1935
Matkarimova A.A., Mahkamov T.X., Mahmudova M.M., Azizov X.Ya., Vaisova G.B. Botanika. – Toshkent: “Fan va texnologiya” 2019. 298 b.
Hamidov A, Nabiev M, Odilov T. O`zbekiston o`simliklar aniqlagichi. Toshkent, 1987.
Pratov O`.P., Odilov T.O. - Uzbekistan Yuksak o`simliklari oilalarining zamonaviy tizimi va o`zbekcha nomlari. Toshkent. 1995. 39 b
12-Mavzu: Ayiqtovonkabilar sinfchasi. Chinnigulkabilar sinfchasi. Chinorkabilar sinfchasi
Reja:
1. Ayiqtovondoshlar oilasi. Ularning tarqalishi.
2. Zirkdoshlar oilasi. Umumiy tavsifi o`ziga xos xususiyatlari, bioekologiyasi.
3. Ko‘knornamolar qabilasi. Umumiy tavsifi o`ziga xos xususiyatlari va vakillari hamda bioekologiyasi.
Ayiqtovonkabilar sinfchasi 4 ta qabila, 13 ta oila va 200 taga yaqin turkumga mansub 4000 taga yaqin turlarni birlashtiradi.Ular asosan o`tlardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |