Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə83/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasi. Oila vakillari daraxt va butalardan iborat bo`lib, ularning 12 turkum.ga mansub, 240 ga yaqin turi mavjud. Ular asosan Janubiy-Sharqiy Osiyoning va SHimoliy Amerikaning Janubiy-G`arbidagi o`rmonlarda tarqalgan. Barglari oddiy. Guli to`g`ri, ikki jinsli, gul qo`rg`on bo`laklari 6-12 va undan ham ko`p.Changchi va urug`chilari ko`p. Magnoliyalar orasida doim Yashil va bargini to`kib turadigan turlari bor.
Poyasida ikkilamchi yog`ochlik mavjud, lekin traxeya o`rnida traxeidlar bo`ladi. Janubiy Amerikada o`sadigan magnoliyalar doim Yashil, Janubiy Osiyoda o`sadiganlari bargini to`kadi.
Magnoliya (M. grandiflora) bo`yi 30 m ga etadigan daraxt. Gullari yirik, kattaligi 10-25 sm ga etadi. Gulqo`rg`oni 3 qator bo`lib joylashgan. Gultoji 6-12 ta, changchilari ko`p. Magnoliyalarda urug` kurtak 6 tagacha bo`ladi. Urug`chisida ustuncha bo`lmaydi, mevasi katta, uzunligi 5-7 sm. Bu oilaga Lola daraxti (Liriodendron tulipifyera) ham kiradi. U bo`yi 30-40 m li daraxt. Guli lolaning guliga o`xshash. Shuning uchun lola daraxti deb nom berilgan. Magnoliya va lola daraxti manzarali daraxt sifatida O`zbekistonda ko`plab ekiladi.
Bu oilaga faqat daraxt va butasimon o`simliklar kiradi. Ularning 12 turkum 100 ga yaqin turi bor. Barglari oddiy, ko`pincha yon bargchalari bo`ladi. Bu oila vakillarining ba`zilari doimo Yashil tursa, ba`zilari kuzda bargini to`kadi. Barglarida efir moy chiqaradigan ichki bezchalar bor. Gullari ko`pincha ikki jinsli, aktinomorf bo`lib, gul o`rni cho`ziq. Gulqo`rg`on bargchalari har xil sonda 6 tadan 12 tagacha va bundan ko`proq bo`lib, ba`zi vakillarida spiral holda joy olsa, ba`zilarida doiralar hosil qiladi, ko`pincha uch bo`lakli bo`ladi. 3 tadan doira bo`lib joylashganlarida tashqisi rangi bilan boshqalardan farq qiladi va kosacha hosil qiladi. Talaygina otaliklar, urug`kurtaklari tugunchalar chetidan joy oladigan ko`p a`zoli apokarp genisey hosil qiluvchi meva barglari sinokarp spiral bo`lib joylashgan.
Bu oilaning tipik vakili magnoliya turkumidir.Uning qisman Sharqiy Osiyoda,qisman Shimoliy Amerikada uchraydigan 30 ga yaqin turi bor. Magnoliyalarning ba`zi turlari Floridada yovvoyi holda o`sadi. Subtropik iqlimli rayon bo`lgan Qrim va Zakavkazda ekib o`stiriladi. Park va bog`larda ko`pgina asl vatani shimoliy Amerika bo`lgan yirik gulli magnoliya (M.grandiflora) ekiladi. Bu o`simlik kalta bandli, barglari katta-katta va oddiy,cheti butun, qalin, yaltiroq bo`ladigan daraxtdir. Shu barglarining yonbarglari kurtakdagi hali ochilmagan yosh barglarni saqlab turadi. Yakka-yakka bo`ladigan yirik-yirik gullarining diametri 10 sm ga boradi va bundan ham oshadi. Gullari oq yoki pushti rangda bo`lib juda xushbo`y.
Gul o`rni cho`ziq konussimon shaklda. Unda gulqo`rg`onning 6-12 ta nim rang,yirik-yirik,bargchalari uch a`zoli doira bo`lib turadi. Bargchalaridan keyin spiral holda joylashgan bir otalikda serbar chang ipchasi bor, bu ipcha uchi changdonlar ustida ko`tarilib turadi. Changdonlar cho`zinchoq bo`lib, bog`lam atrofidan joy oladi. Gul o`rnini 2/3 bo`lagini Yuqori qismini ginesey egallagan. Spiral holda joylashgan talaygina meva bargchalarining har qaysisi mustaqil onalik hosil qiladi, shu bilan birga,o`rta tomirdan buqilib turadigan meva bargchasining chetlari bir-biriga qo`shilib ketadi va shu tariqa Yuzaga kelgan bir uyali tugunchadan ko`pincha 2 ta urug` kurtak joy oladi(ba`zi turlarida urug`kurtaklar 6 donagacha bo`ladi). Onalik ustunchasi yo`q,Shuning uchun og`izchaning chang ushlaydigan yuzasi meva bargchasining chetida, Yuqori qismida turadi.
Shunday qilib ularning gul formulasi quyidagicha ifodalanadi:
Tuguncha ustki.
Gul o`rni cho`ziq konussimon shaklda gullash tamom bo`lgandan keyin gulqo`rg`on bargchalari bilan otaliklari tushib ketadi, ularning o`rni esa chuqurcha-chuqurcha bo`lib qoladi: gul o`rni qalinlashadi va onaliklardan kul rang tukli bir talay bargsimon meva hosil bo`ladi, ular qorin chokidan ochiladi. Shu mevalar bo`yi 5-7 sm va bundan ko`proq keladigan cho`zinchoq "qubba" hosil qiladi.Pishib etilgan urug`lari qizil rangda bo`ladi va etdor po`st bilan qoplanib ipdek uzun bandida pastga osilib turadi. Magnoliyagullilarning boshqa vakillari lola daraxti (Liriodendron) ni ko`rsatish mumkin.Bu turkum vakillari Kavkaz,Qrim va o`rta Osiyoning janubidagi Ashxobod va Dushanbedagi parklarda,hozirgi vaqtda Toshkentdagi parklarda ham o`stirilmoqda. Lola daraxtining bo`yi magnoliyaning bo`yidan biroz balandroq 40m ga etadi. Bu daraxtning gullari sirtidan lolaga birmuncha o`hshaydi, lekin rangi loladek ochiq bo`lmaydi. Lola daraxti Amerikada "oq terak" deb ataladi.Uning yog`ochidan har xil asboblar tayyorlanadi. Magnoliya gullilarning ko`pchiligi dekorativ o`simlik sifatida o`stiriladi.Bu oila vakillari eng qadimgi o`simliklardan biridir. Bo`r davriga ta`luqli qazilma qoldiqlar Shundan guvohlik beradi.Oddiy novdaga hos ko`pgina belgilarni saqlab qolgan oddiy tuzilishli gullar, Shuningdek boshqa morfologik belgilar bu oilaning qadim zamonlardan qolganligiga mos keladi. Ularning ba`zi vakillarining yog`och qismida suv naylari yo`q,Shunga ko`ra suv o`tkazuvchi elementlar xoshiyador teshikchali traxeidlardangina iborat bo`ladi, shu tufayli bularning yog`och qismi ninabarglilarning yog`och qismiga juda o`hshab ketadi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin