2. Magnoliyatoifa bo`limning muhim belgilari. Gulli o`simliklar quyidagi belgilari bilan ochiq urug`li va sporali o`simliklardan farq qiladi:
1. Urugning to`liq ximoyalanganligi (yopiqligi), urug` kurtagini tuguncha ichida joylashganligi.
2. Bularda urug`chining va eng muhimi mevaning hosil bo`lishidir.
3. Bularda haqiqiy gulning paydo bo`lishi bilan changlanish va urug`lanishi jarayonida qo`sh urug`lanishni amalga oshishidir (S.Navashin, 1898).
4. Gulli o`simliklarda gametofit nasl ochiq urug`lilarga qaraganda o`ta qisqarganligi va juda tez taraqqiy etganligi bilan ajralib turadi.
Gametofit nasl-ayrim jinsli. erkak gametofit-chang, chang naychasi va unda harakat qilayotgan vegetativ va generativ xujayralardan iborat. Urg`ochi gametofit-bu urug`chidagi murtak xaltasi va unda joylashgan 8-ta xujayradan (tuxum xujayra markaziy xujayra, antipod va sinergitlar) tashkil topgan. Sporofit nasl mohiyati jihatidan 2-ta o`simlikdan: asosiy o`simlik va zigota tarqqiyotidagi embriondan (murtak) iborat.
5. Ichki anatomik tuzilishi bo`yicha ular rivojlangan bo`lib, ikkilamchi yog`ochligida ksilema, floema, haqiqiy o`tkazuvchi naychalar traxeyalar va yo`ldosh xujayralarning bo`lishidir.
6. Morfologik tuzilishi jihatidan bularning xilma-xil ko`rinishiga, turli hil moslamalarga egaligi va turli hil sharoitda yashovchanligidir.
7. Hayotiy shakllarining xilma xil bo`lishi kelib chiqishi bo`yicha, eng yoshi–o`t o`simliklar ekanligi, bulardagi muhim belgi hisoblanadi.
3. Magnoliyatoifa o`simliklarning kelib chiqishi. Gulli o`simliklarning kelib chiqishi haqida hozirgacha yagona bir fikr yo`q. Shu bois, gulli o`simliklar qachon va qaerda paydo bo`lgan va eng qadimiy gulli o`simlikning dastlabki vakillari qadimiy gulli o`simliklar degan savollar paydo bo`ladi. Ilmiy manbalarda ta`kidlanishicha gulli o`simliklar bo`r davrida paydo bo`lgan. Bu fikrni tasdiqlovchi bir qator dalillar mavjud. Demak, gulli o`simliklar taxminan bundan 120 mln yil oldin paydo bo`lgan. Ayrim olimlar gulli o`simliklar mezazoy yerasining perm davrida paydo bo`lgan deb hisoblaydilar.
Gulli o`simliklarning kelib chiqishida ikki xil fikr mavjud.
1.Monofiklitik yo`l bilan gulli o`simliklar bitta qadimgi ajdoddan kelib chiqqan deyiladi. (Akad. A.L.Taxtadyan).
2.Polifilitik yo`l bilan esa gulli o`simliklar bitta o`simlikdan emas balki, bir nechta qadimiy ajdodlardan kelib chiqqan.
Ingliz botanigi R.Melvilla fikricha, gulli o`simliklar devon davrida riniofitlardan kelib chiqqan. Bu jarayon urug`li paporotliklargacha permning ohiri va triasning boshlarigacha davom etgan. Unga gondvan xududidagi Afrika, Antarktida, Janubiy Amerika va Avstraliya materiklari kirgan. Mashxur rus botanigi A.L.Taxtadjyan dastlabki gulli o`simliklar Janubiy-Sharqiy Osiyoda paydo bo`lgan deb qaraydi, chunki eng qadimiy oddiy tuzilishiga ega bo`lgan gulli o`simliklar shu hududda uchraydi. Amerikalik olim Dj. Stebbins fikricha, dastlabki gulli o`simliklar quruq hududlarda tez o`sishga moslashgan ikki urug`pallalilarni o`z ichiga olgan, bir urug`pallalilarda esa suv havzalarida va soy bo`ylarida o`sgan. Gulli o`simliklar ko`pchilik olimlarning fikriga qaraganda eng sodda tuzilishga ega bo`lgan butasimon ochiq urug`li o`simliklardan kelib chiqqan. Gulli o`simliklarning qoldiqlari bo`r davri yotqiziqlaridan topilgan. Lekin Paleozoy va mezozoy yerasida o`sgan ochiq urug`lilarning ayrim belgilari gulli o`simliklarnikiga o`xshash bo`lgan. Buni o`sha davrga hos bo`lgan qazilma holda topilgan materiallar tasdiqlamoqda. Dastlabki gulli o`simliklarda chang donasi bir poradan (teshikcha) iborat bo`lib, huddi qirqquloq (Qirqquloq) larning sporasiga va urug`li o`simliklarning changiga o`xshash bo`lgan.
Dastlabki gulli o`simliklarda, ya`ni hamma bir urug`pallali va primitiv (sodda) tuzilishga ega bo`lgan ikki urug`pallali o`simliklarning changchilari o`xshash bo`lgan. Bundan 120 mln. yil oldin o`sgan gulli o`simliklarda chang 3 porali, ya`ni ikki urug`pallalilarnikiga o`xshash bo`lgan. Bundan tahminan 80-90 mln yil oldin o`sgan yopiq urug`li o`simliklar Yer yuzida hukmronlik qilgan.
Gulli o`simliklarning qadimiy vakillarini aniqlash uchun qazilma holda topilgan urug`li o`simliklar asos qilib olingan va ularning bir-biri bilan bog`liqligi o`rganila boshlangan. Natijada ularning filogeniyasini yanada yahshiroq o`rganish imkoni yaratildi.
Ta`kidlash joizki, ayniqsa qirqquloqlar (Qirqquloqlar), sagovniklar va qarag`aylarda gulli o`simliklarga hos ba`zi bir belgilarni ko`rish mumkin. Gulli o`simliklarning filogeniyasini o`rganishda urug`li qirqquloqlar, bennetitlar va boshqa nina bargli o`simliklarning roli ham benihoya katta. Sagovniklar bilan qarag`aylar ikkilamchi yo`g`onlashishga ega va urug`i orqali ko`payadi. Demak, yog`ochlik esa 350 mln. yil oldin vujudga kelgan.
Sagovniklar bilan qarag`aylarning qubbalari tashqi ko`rinishidan o`xshash bo`lsada, kelib chiqish jihatdan bir-biridan farq qiladi. Masalan: sagovniklaning qubbasi shakli o`zgargan barg bo`lsa, qarag`aylarning qubbasi juda murakkab tuzilishga ega, shu sababdan bularni analogik organlar deb atash mumkin.
1859 yilda Ch.Darvin «Tabiiy tanlanish yo`li bilan turlarining paydo bo`lishi» nomli asari vujudga kelishi bilan, olimlar evolyutsion tizim (sistema) tuzishga bel bog`lagan. Bu borada yirik nemis botanigi A.Engler katta ish qiladi. Engler morfologik belgilar evolyutsiyasiga alohida e`tibor beradi. Uning fikricha, eng sodda (primativ) gul gulqo`rg`onsiz va bir jinsli bo`lgan.
1875 yili nemis botanigi A.Braun primitiv belgiga ega bo`lgan o`simliklarning guli gulqo`rg`onli, yirik va ikki jinsli bo`lgan deydi va bunga misol qilib mangoliyalarni keltiradi. Ikki jinsli gullardan ayrim jinsli gullar paydo bo`lgan deb hisoblaydi. Bu fikrni ko`pchilik olimlar qo`llab quvvatlaydi, nemis botanigi X.Galler (1912) va amerikalik Ch.Bessi (1915) ayiqtovonnamolar qadimiy o`simliklar deb qaraydilar. Galler va Besitizm sistemalari asosida yirik ingliz olimi D.J.Hatchinson (1926-1936) o`z tizimi (sistemasi) ni yaratadi.
Akademik A.L.Taxtadjyan ham shu fikr asosida o`z sistemasini tuzadi. Lekin ayrim botaniklar masalan, R.Dalgren gulli o`simliklar qandaydir yo`q bo`lib ketgan yana-da soddaroq o`simliklar kelib chiqqan, mangoliyalar esa ulardan keyin paydo bo`lib deb tuShuntiriladi. Lekin, hozirgacha gulli o`simliklarning kelib chiqishi masalasi uzil-kelil hal qilinmagan. Shu sababdan gulli o`simlik haqida tuzilgan tizimlar (sistema) 20dan ortib ketdi.