Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Podokarpnamolar (Podocarpales)



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə75/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

5.Podokarpnamolar (Podocarpales) qabilasi ochiq urug`li o`simliklarning eng takomillashgan guruhini o`z ichiga oladi bitta oila (Polakarpdoshlar-Podocarpaseae), 9 ta turkum va 140 ta turdan tashkil topgan. Ular asosan janubiy Yarim sharda tarqalgan.
Qarag`aykabilar sinfchasiga kiruvchi turlar Shimoliy Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada katta o`rmonlarni hosil etadi. Janubiy yarim sharda esa ular ko`proq mo``tadil iqlimli joylarda tarqalgan. Ayniqsa, Xitoyning Janubi-SHarqiy va markaziy qismida, Tayvanda, Yaponiyada, Yangi Kaledoniyada, Tasmaniya, Shimoliy Amerikaning Tinch okeani qismida, Chili Janubida, Yangi Zellandiyada, yangi Gvinieyada tarqalgan.
Qarag`aykabilar sinfchasi vakillarining tarihi karbondan (370 mln. yillar muqaddam) boshlandi. Trias davrida (240 mln. yillar muqaddam) ular Shimoliy yarim sharning o`simliklar qoplamida katta rol o`ynagan.
Qarag`aykabilarning ko`pchilik turlari baland bo`yli, ayrimlari esa gigant daraxtlardan iborat. Masalan: Kaliforniyada o`suvchi doim Yashil sekvoyaning (Sequoia sempyervirens) balandligi 110 m gacha, poyasining diametri esa 10 m gacha etgan. Meksika taksoidnumi poyasining diametri 16 m, mamont daraxti poyasining yo`g`onligi esa 12 m ga etgan. Mamont daraxtlaridan ayrim turlarining 3000 dan ziyod yoshda ekanligi aniqlangan. Qarag`aykabilar orasida yoshi jihatdan eng kattasi Shimoliy Amerika qarag`ayi sanaladi. Nevada sharqida topilgan daraxtning yoshi taxminan 4900 yoshga teng deb aniqlangan. Gigant daraxtlar bilan bir qatorda, ular orasida podakarpdoshlar oilasiga mansub er bag`irlab o`sadigan turlari ham bor. Bu sinfcha vakillarida o`zak qavat kam taraqqiy etgan. Uni tashqi tomondan yahshi rivojlangan ikkilamchi yog`ochlik o`rab olgan. Undan so`ng kambiy, kambiydan tashqarida ikkilamchi floema joylashgan. Poyani tashqi tomondan qalin po`stloq qavat qoplab olgan. Ularga hos belgilardan yana biri po`stloq va yog`och qavatida smola yo`llari (kanallari) ning bo`lishidir.
Sinfcha vakillarining barglari asosan ignasimon yoki tangachasimon. Eng yirik ignasimon barg Shimoliy Amerikada o`suvchi botqoq qarag`ayi (pinus palustris) niki bo`lib, uning uzunligi 45 sm ga etadi.
Aksincha ko`pchilik sarvlarning barglari kichik tangachasimon bo`lib, Shoxlar bilan qo`shilib o`sgan. Qarag`aykabilar asosan urug`lari orqali ko`payadi. Qubbalari ayrim jinsli. Ayrim vakillari qubbalar to`p bo`lib, murakkab qubbalarni hosil etadi. Har bitta daraxtda ko`p sondagi mikrosporalar hosil bo`ladi.
Sinfcha vakillarining urg`ochi (urug`chi) qubbasi ham xilma-xil. Tisslarda qubba taraqqiy etmagan.
Qarag`aykabilar asosan shamol yordamida changlanuvchi o`simliklar bo`lganligi sababli yerkaklik (changchi) urg`ochi (urug`chi) urug` kurtakning chang yo`li orqali chang kamerasiga borib to`shadi. Changlanishdan so`ng ma`lum vaqt o`tgandan keyin urug`lanish jarayoni boshlanadi.
Urug`lanish jarayonidan so`ng urug` kurtakdan urug` hosil bo`ladi. Qarag`aykabilarning urug`i 3 tadan to 18 tagacha urug` pallaga ega.
Sinfchadagi eng yirik va bizning sharoitda turlari ko`plab ekiladigan qarag`aynamolar qabilasiga qisqacha to`xtalib o`tamiz.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin