Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Qarag`aynamolar (Pinales) qabilasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə76/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Qarag`aynamolar (Pinales) qabilasi
Qabila bitta qarag`aydoshlar (Pinaseae) oilasiga ega bo`lib, 10 ta turkum va 250 taga yaqin turni o`z ichiga oladi.
Shimoliy Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada «Tayga» deb ataladigan o`rmonlarni hosil qiladi. Qarag`aydoshlar asosan doim Yashil, qisman bargini to`kuvchi daraxt, hamda ayrim yotib o`suvchi butalardan tashkil topgan. Barglari ignasimon, tangachasimon, ingichka nashtarsimon, turlicha kattalikda. Qarag`aydoshlarning barglari asosan ko`p yillik 2-7 yilgacha to`qilmaydi. Qubbalari ayrim jinsli. Erkaklik (changchi) qubbasidagi mikrosporofillarda 2 tadan mikrosporangiy (changdon) joylashgan. Changlar shamol yordamida tarqalishga moslashgan. Urg`ochi (urug`chi) qubbasining qoplag`ich tangacha barglari qo`ltig`ida urug` tangachalar o`rnashgan bo`lib, ularning Yuzasida urug` kurtak joylashgan. Urug`lari qanotchali. Qarag`aydoshlarning tabiatdagi va xalq ho`jaligidagi ahamiyati beqiyos katta. Ulardan qurilishlar uchun yog`och, mebellar tayorlashda, qog`oz sanoati uchun xom ashyo, smola, kanifol, kipidar, glukozidlar va b. olinadi. Kendrlarning urug`i tarkibida 59 % moy bor. Undan oziq-ovqat sanoatida va texnik maqsadlarda foydalaniladi. Barglari S vitaminga boy. Qarag`aydoshlar vakillari manzarali daraxtlar sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Qarag`ay turkumi (Pinus)-100 ga yaqin turga ega. Tabiiy sharoitda Azarbayjon bilan Gruziyada o`suvchi (eldar qarag`ayi) qurg`oqchilikka chidamliligi uchun O`zbekistonning ko`pchilik shaharlarida manzarali daraxt sifatida o`stirilmoqda. Qarag`ay bir uyli doim Yashil daraxt bo`lib, ba`zan butalari ham uchraydi. Qarag`ayning ko`p turi qimmatbaho hisoblanadi. U ayrim jinsli o`simlik hisoblanadi. Uning ko`payish organlari qubba shaklida, erkak qubbalar bilan urg`ochi qubbalar har xil tuzilgan. Erkak qubbalar juda mayda bo`lib, bahorgi novdalar asosida boshoqqa o`xshash cho`ziq, sariq rangli to`pgulga yig`ilgan. To`pgulda erkak qubbalar bir biriga taqalib, zich joylashadi, har qaysi qubbaning bittadan o`qi bo`lib, mikrosporafillar (changchilar) unda baliq tangachasiga o`hshab joylashadi. Tangachalarning pastki tomonida ikkita chang xaltachasi, ya`ni mikrosporangiy bo`lib ularda chang hosil bo`ladi.
Tinim holatida har bir chang donachasi sitoplazma va yadrodan iborat. chang haltachalik vaqtidayoq o`lchami ikki xil mayda va yirik hujayraga bo`linadi. Yirigi vegetativ hujayra deyiladi. Maydasi keyin yana bir necha hujayraga bo`linadi va bu hujayralar ustma - ust tahlanib ustun hosil qiladi. Ularning Yuqoridagisi anteridiy hujayrasidir. Changning tashqi qobig`ida ikki tomonda ichiga havo to`lgan ikkita pufakcha bor. Shuning uchun chang juda engil bo`lib, uni shamol tez uchirib ketadi.
Qarag`ayning urg`ochi qubbalari yakka va erkak qubbalarga qaraganda yirik bo`ladi. Ular bahorgi yosh novdalarning uchida – shamol uchirib kelgan changlarni tutib qolish qulay bo`lgan erda joylashadi va birinchi yili qizg`ish rangda bo`ladi. Urg`ochi qubba tashqi va ichki tangachalar bilan qoplangan kalta o`qdan iborat. Sirtqi tangacha Yupqa bo`lib, pardaga o`hshaydi. Bu tangachalar qo`ltig`ida yirik va seret tangalar rivojlanib, ular urug` tangachasi (makrosporafill) deyiladi. Qarag`ay gullaganda qizil rangli urg`ochi qubbalarning tangachalari bir biriga zich taqalib turmaydi, ular orasida tirqish hosil bo`lib, chang tirqish orqali qubba ichiga kiradi. Urug` tangachasi asosida oval tanacha shaklida ikkita urug`kurtak hosil bo`ladi. Urug`kurtakka tushgan chang keyingi yilgacha saqlanadi va bahorda o`sib naycha hosil qiladi. Bu vaqtda naychaning uchida ikkita sperma rivojlanadi. Naycha chang yo`li orqali urug`kurtak ichiga o`sib kiradi va uchi erib ketib, ularning biri hujayraning yadrosi bilan qo`shiladi, ikkinchisi nobud bo`ladi. Tuxum hujayra urug`langandan keyin undan urug` murtagi rivojlanadi. Urug`kurtak esa butunligicha urug`ga aylanadi. Qarag`ay urug`i ikki yil davomida etiladi. Bu paytda qubba juda o`sib ketadi, urug` etiladigan vaqtda qubbaning tangachalari qurib, jigarrang tusga kiradi, tangachalar orasi biroz ochiladi va urug` osongina to`qilishi mumkin bo`lib qoladi. Shunday qilib, qarag`ayning gullashdan to urug`i yetulguncha bo`lgan to`liq jinsiy ko`payish sikli ikki yilga cho`ziladi. Bu vaqt ichida qubbalarning morfologik tuzilishi va rangi anchagina o`zgaradi. Qarag`ayda har yili qubbalarning uch xilini 1)changlanish jarayonida hosil bo`ladigan qizil rangli, mayda qubbalar, 2) urug`lanish jarayoni boradigan Yashil rangli, birmuncha yirik qubbalar 3) urug` etiladigan jigarrang qubbalarni uchratish mumkin. Qarag`ay urug`lari qanotsimon bo`lib, Yupqa o`simtalari bor, ular shu o`simtalar yordamida shamolda uzoq joylarga tarqaladi.
Oddiy qarag`aydan tashqari pista qarag`ay (Pinus sibirica) ham uchraydi. Pista qarag`ayning urg`ochi g`uddalari yirik, qattiq po`stli, seryog` urug`li bo`ladi. Ular “kedr yong`og`i” deb ataladi va ovqatga ishlatiladi. O`zbekistonda va O`rta Osiyoda boshqa respublikalarida qarag`ay yovvoyi holda o`smaydi. Lekin ba`zi turlari ekib o`stiriladi.
Yel (qizil daraxt) turkumi (Picea) ga 30-50 ga yaqin tur kiradi, ular soyasevar o`simliklar bo`lib, Shimoliy, Sharqiy Yvropada, g`arbiy va SHarqiy Sibirda, Kavkazda, O`rta Osiyo tog`larida, Shimoliy Amerikada tarqalgan.
Yel turlarining ayrimlari 50-60 m dan to 80 m gacha balandlikka ega. Ular 500-600 yil yashaydi. O`rta Osiyoning Tyanshan va Jung`or Olatog`ida hamda Xitoy chegarasigacha bo`lgan xududlarda Shrenk eli o`sadi. Yel daraxti Shoxlari yanvar oyida o`tkaziladigan yangi yil archa bayramida bezatish uchun ishlatiladi.
Qora qarag`ay (Picea excelsa) Yevropa o`rmonlarida keng tarqalgan. U O`rta Osiyo tog`larida (Jung`oriya Olatovi, Tyan` - Shanda) tyan` – shan qoraqarag`ayi o`sadi. Bu daraxtning bo`yi 40 m, diametri 2 m keladi. Shox shabbasi ingichka konussimon bo`lib, pastga egilib turadi va tog`larni yuvilishdan saqlaydi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin