O'yin uchun kerak:
-
alohida qog’ozlarga chiqarilgan savollar va vaziyatli masalalar to'plami.
-
Guruhdagi talabalar soniga qarab qur'a tashlash uchun raqamlar.
-
Toza qog’oz varaqlari, ruchkalar.
Ish jarayoni:
-
Guruhning talabalari qur'a tashlash orqali 4 ta talabadan 3 ta guruhga bo'linishadi.
-
Har bir podgruppa alohida ajratilgan stolga o'tiradi va toza qog’oz varag’i va ruchka tayyorlaydi.
-
Varaqqa sana, guruh raqami, fakultet, qatnashuvchilarninng F.I.SH. lari yoziladi.
-
Har bir guruhchadan bitta qatnashchi konvertdan savol oladi. Savollar va topshiriqlarning qiyinlik darajasi har bir guruhcha uchun bir hil.
-
Talabalar o'z topshiriqlarini qog’ozga yozib oladilar.
-
Qog’ozni davra bo'ylab aylantirib chiqadilar.
-
Har bir talaba o'z javobini yozib, boshqa talabaga qog’ozni beradi.
-
Har bir talabaning javobiga 3 minutdan vaqt ajratiladi.
-
Vaqt tugagach qog’ozlar o'qituvchiga beriladi.
-
Barcha qatnashchilar natijalarni muhokama qilishadi, eng to’g’ri javoblarni tanlashadi va bunga maksimal ball qo'yiladi.
-
Muhokamaga 15 min. vaqt ajratiladi.
-
Talabalar javoblari uchun mashg’ulotning nazariy qismi reytingidagi ballar hisobidan baho olishadi.
0,8-0,7 ball - «5»
0,6-0,4 ball - «4»
0,4-0,1 ball - «3»
0 ball - «2»
13. Talaba tomonidan olingan ball joriy mashg’ulotni baholash chog’ida hisobga olinadi.
14. Jurnalning pastki bo'sh qismida o'yin o'tkazilganligi to’g’risida yozib qo'yiladi va guruh sardori imzo qo’yadi.
15. O'qituvchi talabalarning ishlarini saqlab qo'yadi.
Dostları ilə paylaş: |