“tasdiqlayman” “O'zbekiston temir yo’llari” aj osfy menejep tosp muhandisi


O'z-o'zidan yonib ketishning xavfi va sababi nimada?



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/33
tarix14.09.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#143381
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
95c89d9b3b09d9c21b6e0957be38abdb

O'z-o'zidan yonib ketishning xavfi va sababi nimada?
O'z-o'zidan yonish - modda tarkibidagi kimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik 
jarayonlar oqibatida kelib chiqqan yonish jarayoni xisoblanadi. O'z-o'zidan yonish ochiq 
alangaga yaqinlashish va tashqaridan issiqlik oqimi oqibatida kelib chiqadi. Oksidlanish 
(havodagi kislorod bilan birikish) oqibatida issiqlik yig'ilishi, jumladan temperaturani 
oshishi atrofdagi muhitga issiqlikni tarqalish miqdoridan oshib ketsa o'z-o'zidan yonish 
jarayoni tezlashadi. O'z-o'zidan yonuvchi moddalar uch guruhga bo'linadi: Havo ta'sirida 
o'z-o'zidan yonuvchi moddalar. Ularga o'simlik va xayvon yog'lari, tosh va*kulrang 
ko'mir, torflar, tozalashdan keyingi materiallar, yog'och qirindilar va boshqalar kiradi. 
Suv ta'sirida o'z-o'zidan yonuvchi moddalar. Ularga kaltsiy karbidi va ishqor moddalar 
karbidlari, metalli kaliy, so'ndirilmagan ohak va boshqalar kiradi. Bir-biri bilan birikishi 
oqibatida o’z-o'zidan yonuvchi moddalar. Bu guruhga har hil gazsimon, suyuq va qattiq 
oksidlovchilar, masalan, kuchli oksidlovchilar xisoblangan galogenlardan xlor, brom, ftor 
va yod kiradi. Atsetilen, vodorod, metan va etilenning xlor bilan birikmasi kunduzgi 
yorug'likda o'z-o'zidan yonadi, shu sababli xlor va boshqa galogenlami tez yonuvchi 
moddalar bilan birgalikda saqlanishiga yo'l qo'yilmaydi.
Yong'in sodir bo'lganda evakuatsiya yo'llariga qo'yiladigan talablar?
Evakuatsiya yo'llari va chiqishlami:
- Ateriallar, buyumlar, asbob-uskunalar, chiqindilar bilan to'sib qo'yish, hamda 
evakuatsiya chiqishlami mixlab tashlash;
- Chiqish tamburlarida ust-kiyim, anjomlar va materiallar saqlanadigan joylar
15


tashkillashtirish;
- Evakuatsiya yo'llarida odamlami bemalol evakuatsiyasiga to'siq bo'luvchi 
ostonalar, ikki yoqqa suriladigan, ko'tariladigan, aylanadigan eshiklami va boshqa 
moslamalami o'matish;
- Zina ostida yonuvchi materiallami saqlash;
- Devor va shiftlarga, hamda evakuatsiya yo'llarining zinapoya zina 
maydonchalariga pardoz berish, sirtini qoplash, bo'yash uchun yonuvchi materialllardan 
foydalanish;
- Evakuatsiya maqsadida liftlar va eskalatorlardan foydalanish;
- Ish vaqtida evakuatsiya yo'llari eshiklarini qulf bilan mahkamlash taqiqlanadi. 
Ichkaridan bemalol ochiladigan qulfdan (kalit bilan mahkamlanmaydigan) foydalanish 
mumkin. Evakuatsiya chiqishlar alohida joylashtirilishi zarur. Evakuatsiya chiqishlar 2 
tadan kam bo'lmasligi zarur. Ishlovchi xodimlar soni 50 kishidan ortmaydigan binolarda 
bitta evakuatsiya chiqishlari ruxsat beriladi. Eshiklar evakuatsiya yo'nalishi bo'yicha 
ochilishi zarur. Derazalarga panjaralar o'matishni o't-o'chiruvchilar bilan kelishish zarur. 
Yo'laklar, vestibyullar, zinapoya panjaralari eshiklarida ichkaridan bemalol kalitsiz 
ochilishiga xalaqit beruvchi qulf bo'lmasligi zarur. Binolarda texnologik, ko'rgazmali va 
boshqa uskunalami joylashtirishda loyixalash me'yorlariga asosan zinapoya panjaralari 
va boshqa evakuatsiya yo'llariga o'tish ta'minlanishi kerak. Odamlar ommaviy keladigan 
binolarda elektr energiyasi o'chirilishi holatida xizmat ko'rsatuvchi personallarda elektr 
fonarlari bo'lishi zarur. Fonarlar soni, muassasaning o'ziga xos xususiyatlari, navbatchi 
personallar mavjudligi, binoda odamlar sonini hisobga olgan holda, ammo navbatchi 
personallami xar bir xodimiga bir donadan kam bo'lmagan holda, rahbar tomonidan 
belgilanadi. Odamlar ommaviy keladigan binolarda gilamlar, gilam to'shamalari va 
boshqa pol to'shamalari polga mustaxkam mahkamlanishi zarur.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin