Elektr tokidan jabrlanishni oldini olish uchun asosiy himoya vositalari? Elektr qurilmalarda ishlatiladigan himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
Izolyatsiyalovchi
tezkor
shtangalar,
izolattsiyalovchi
qisqichlar,
kuchlanish
ko'rsatikchlari, izolyatsiyalovchi o'lchov shtangalari, tok o'lchovchi qisqichlar,
izolyatsiyalovchi narvonlar, maydonchalar, changaklar va izolyatsiyalangan dastali
asboblar, rezinali dielektrik qo'lqoplar, botlar, kalishlar, gilamchalar, ko'chiriluvchi
erlagichlar, vaqtinchalik to'siqlar, ogohlantiruvchi plakatlar.
Nolga ulash nima degani? Qobiqga tutashuv oqibatida kuchlanish ostida qolishi mumkin bo'lgan elektr
kurilmalarining tok utkazmaydigan kismlarini oldindan nol sim bilan ulab kuyish nolga
ulab muxofaza kilish deyiladi. Nolga ulab qo'yish maqsadi - qobiqga tutashuv oqibatida
kuchlanish ostida qolgan elektr qurilmalaming qobig'iga va boshqa tok o'tkazmaydigan
metal qismlariga teginib ketishda tok urish xavfini bartaraf etish. Himoya erlagichiga
nisbatan ushbu masala quyidagi usul bilan echiladi: shikastlangan elektr qurilmasi tezlik
bilan tarmoqdan uziladi. Ammo qobiq nollangan himoya simi orqali erlanganligi sababli
avariyaviy holatda, ya'ni qobiqga tutashuv paydo bo'lish davridan qurilmaning tarmoqdan
uzilishiga qadar ushbu erlanishning himoya hususiyati himoya erlanish kabi paydo
bo'ladi. Nolga ulashning ishlash printsipi - himoyaning ishlab ketishini ta'minlashi va shu
bilan shikastlangan qurilmani avtomatik ravishda tarmoqdan uzish imkoni bo'lgan katta
tok kuchini paydo qilish maqsadida qobiqdagi tutashuvni bir fazali qisqa tutashuvga
aylantirishdir (ya'ni fazaU va nolli simni tutashtirish). Ushbu himoyaga qisqa tutashuv
toklaridan elektr energeyasi iste'molchilarini himoya qilish uchun ulardan oldin
qo'yiladigan eruvchan predoxranitellar yoki maksimal avtomatlar, iste'molchini
zo'riqishdan himoyalovchi masofada ishga tushirishga va termik releli kontaktorlari
mavjud elektrodvigatelni to'xtatishga mo'ljallangan issiqlik himoyasi o'matilgan magnit
starteri va oxiri bir paytning o'zida qisqa tutashuv toklaridan va zo'riqishdan
himoyalovchi kombinatsiyalangan uzgichli avtomatlar. Nolga ulash sohasi - neytral erga
mustaxkam ulangan 1000 V uch fazali 4 ta simli tarmoqlar. Odatda bunday tarmoqlar
380/220 V, 220/127 V, hamda 660/380 V tarmoqlaridir.