«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining ta’lim sohasidagi vakolatlari



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə24/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

24-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining ta’lim sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi (bundan buyon matnda Ta’lim inspektsiyasi deb yuritiladi) ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayoni, profesor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati ustidan nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan, ta’lim sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir.
Ta’lim inspektsiyasi:
ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, shuningdek ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifati monitoringini amalga oshiradi;
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, profesional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga lavozimlar va malaka toifalarini berish jarayonini nazorat qiladi hamda unda ishtirok etadi;
nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziyalar beradi;
ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlaydi;
aniqlangan ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari yuzasidan tegishli davlat boshqaruvi organlariga va ta’lim tashkilotlariga taqdimnomalar kiritadi.
Ta’lim inspektsiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining ta’lim sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi:
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash sohasida davlat siyosatini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun davlat ta’lim standartlarini tasdiqlaydi;
davlat ta’lim standartlariga muvofiq Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yagona tarzda muvofiqlashtirishni hamda unga uslubiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaydi, mazkur maktablarda bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish ishlarini monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin