Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon tasniflari. I.P.Podlasiy tasnifi bo‘yicha: Tarbiya va ijtimoiy tizimlarning aloqadorligi: aniq tarixiy sharoitlardagi tarbiya xarakteri jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy, milliy-madaniy o‘ziga xosliklari bilan aniqlanadi.
Ta’lim va tarbiya orasidagi: bu jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini, ularning ko‘ptomonlama o‘zaro ta’sirini, birligini belgilab beruvchi aloqadorlik.
Tarbiya va faoliyatning aloqadorligi: tarbiyalash – faoliyatning turli turlariga tarbiyalanuvchilarni jalb etish demakdir.
Tarbiya va shaxs faolligining aloqadorligi: agar uning ob’ekti(shaxs) bir paytning o‘zida subyekti sifatida aks etsa, tarbiya muvafaqqiyatli amalga oshadi, ya’ni shaxs o‘zining faol xulqatvorini, shaxsiy erkinligini, mustaqilligini, faoliyatdagi ehtiyojini namoyon etadi.
Tarbiya va muloqotning aloqadorligi: tarbiya jarayoni har doim odamlar – o‘qituvchilar va ta’lim oluvchilarning o‘zaro harakatida kechadi.
Bola tarbiyasi muvafaqqiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxslararo aloqalarning intensivligi va boyligiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik jarayonning dinamik qonuniyati – ta’lim oluvchining keyingi barcha muvafaqqiyatlarining qimmati uning dastlabki bosqichlardagi muvafaqqiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanishi qonuniyati – shaxs rivoji darajasi va sur’ati: irsiyat; tarbiya va ta’lim muhiti; pedagogik ta’sir etish usul va vositalarining qo‘llanishiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish qonuniyati – pedagogik ta’sirning samaradorligi: ta’lim oluvchilar va pedagoglar orasidagi qayta aloqalarning intensivligi; ta’lim oluvchilarga ko‘rsatiladigan korrektsiyali ta’sirlarning asoslanganligi hamda xarakteri, qimmatiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik jarayonda hisiyot, mantiqiylik va amaliyotning birligi qonuniyati – o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligi: hisiy idrokning sifati va intensivligi; idrok etilganning mantiqiy anglanishi; anglanganning amaliy qo‘llanilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Tashqi(pedagogik) va ichki(bilish) faoliyatning birligi qonuniyati – pedagogik jarayonning samaradorligi: pedagogik faoliyatning sifati; tarbiyalanuvchilarning shaxsiy o‘quv-tarbiyaviy faoliyatining sifatini shart qilib qo‘yadi.