«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə56/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

M. Kodjaspirov bo‘yicha:
Ijtimoiy shart-sharoitlar bilan shartlanganlik qonuniyati: ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlarga bog‘liqligi.
Inson tabiati bilan bog‘langanlik qonuniyati: shaxsni shakllantirishda muloqot va faoliyatning hal qiluvchilik roli; ta’lim va tarbiyaning ta’lim oluvchilarning yosh va individual o‘ziga xosliklariga bog‘liqligi.
Tarbiviy jarayon mohiyatining shartlanganlik qonuniyati: tarbiya, o‘qitish, ma’lumot va shaxs rivoji jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi; o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs va ijtimoiy guruhlarning o‘zaro aloqasi.
M.Kodjaspirovning mazkur tasnifi YU.K.Babanskiyning tasnfiga juda yaqin. Yaxlit pedagogik jarayonning qonuniyatlari, aynan akademik Yu.K.Babanskiy tomonidan sodda va tushunarli ochib berilgan:
Ta’lim va tarbiya jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga bog‘liq holda amalga oshadi.
Tarbiya, o‘qitish, ma’lumot va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi qonuniyati.
Tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning birligi qonuniyati.
Ta’lim va tarbiya jarayonida muloqotning hal qiluvchilik roli qonuniyati.
Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.
Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o‘zaro aloqadorlik qonuniyati.
Pedagogik jarayon vazifalari, shakllari, metodlarining o‘zaro aloqadorlik qonuniyati.
Yaxlit pedagogik jarayon tamoyillari. Yaxlit pedagogik jarayon qonuniyatlari singari tamoyillari masalasida ham turli qarashlar mavjud. Hatto ba’zi pedagoglar ularni qonuniyat sifatida e’tirof etishga moyildirlar. Biroq yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, qonuniyatlar ob’yektiv, eng muhim, barqaror, o‘zgarishdagi, shu bilan birga, aniq sharoitlardagi harakatni ifoda etadi. Pedagogik jarayon qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni tamoyillar(prinsiplar) deb ataymiz.
Pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan qo‘yiladigan muhim talablar tamoyillar deb ataladi.
Yaxlit pedagogik jarayon tamoyillarining ham hozirgacha turli tasniflari adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Agar ularni sinchiklab o‘rganib chiqilsa, tasniflarning bir-biriga yaqinligini ko‘rish mumkin. Shu sababli biz quyida ko‘pchilik tomonidan tushunarli deb topilgan ikkita (Yu.K.Babanskiy, B.T.Lixachev) tasnifini keltirib o‘tishni ma’qul deb topdik.
Yaxlit pedagogik jarayon tamoyillarining Yu.K.Babanskiy bo‘yicha tasnifi:

  • pedagogik jarayonning maqsadga yo‘naltirilganligi;

  • ta’lim va tarbiya mazmunining ilmiyligi;

  • ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, tushunarlilik;

  • tizimlilik va ketma-ketlik;

  • onglilik, faollik, tashabbuskorlik, ta’lim oluvchilarning ijodkorligi;

  • ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy foydali, ishlab chiqarish mehnati bilan aloqasi;

  • ta’lim va tarbiyaning jamoaviy xarakteri;

  • ko‘rgazmalilik;

  • ongli talabchanlik bilan birgalikda ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish;

  • ta’lim va tarbiyaning qo‘lay metod, shakl va vositalarini tanlab olish;

  • sababiylik, onglilik hamda ta’lim, tarbiya va rivojlanishining amaliy natijalari;

  • tarbiyaga kompleks yondashuv.


Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin