«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə129/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Summativ baholash ta'lim oluvchining ta'lim jarayonining ma'lum o‘zlashtirish natijalarini belgilangan davrdagi mezon va standartlariga javob berishini aniqlaydi. Summativ baholash ta'lim jarayonining ma'lum bosqichi yakunida o‘tkaziladi. Summativ baholash turi mavzuning, chorakning yoki yarim yillikning yil va asosiy bosqichning oxirida, o‘quv dasturlariga mos topshiriqlar yordamida o‘tkazilishi mumkin. Summativ baholash yozma, test, og‘zaki, suhbat, amaliy topshiriq shakllarida bo‘lishi mumkin. Maqsad -o‘quvchilarning bilimlarini tekshirish, yani ular o‘zlari o‘rgatgan materialni qay darajada o‘rganganliklarini tekshirish. Summativ baholash dars yoki dastur samaradorligini baholashga intiladi, o‘quv jarayonini tekshiradi va xokozo.
Xulasa qilib aytadigan bo‘lsak, baholash hozirgi ta'lim tizimining asosiy va ajralmas qismidir. Agar rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimiga nazar solsak misol uchun Buyuk Britaniyada xodimlarga (o‘qituvchilarga) kattalar (rahbarlar) tomonidan ta'lim va tarbiya sharoitida ta'limni baholash bilan bog‘liq holda yaxshi amaliyotni o‘rganish va rivojlantirishga yordam beriganligi uchun Ta'lim, baholash va sifatni ta'minlash (TAQA) bo‘yicha mukofot mavjud. Demakki baholash ta'limni rivojlantirish uchun asosiy jarayondir. Ayniqsa formativ baholash ta'lim sifati haqida aniq ma'lumotlar beradi. Faqatgina formativ baholash emas boshqa baholash turlari ham muhim va samarali hisoblanadi. Shu o‘rinda aytishimisiz kerakki mamlakatimiz ta'lim sifatini oshirishga, xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish masalasiga alohida e'tibor qaratmoqda va ta'lim tizimiga bir qator ilg‘or xorijiy texnologiyalardan foydalanilmoqda.
Nazorat uchun savollar

  1. Baholash o‘zi nima, u bizga nima uchun kerak?

  2. Qanday baholash kerak?

  3. Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati nimada? 

  4. PISA xalqaro baholash dasturi oʻquvchilarga nima beradi?

Foydalanilgan Adabiyotlar:
1. Ahmedov S. va boshqalar. Adabiyot. 5-sinf. Darslik. – Toshkent: Sharq, 2020, 155-b.
2. Qodiriy A. Mehrobdan chayon. – Toshkent: Cho‘lpon, 2018. 23-b.
3. Muhammajonov A. 7-sinf O‘zbekitson tarixi. – Toshkent: Sharq, 2017. 146-b.
4. G‘ulomov A. v.b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2012, 8-9
5. G‘ulomov A.v.b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2012,11-b.
6. Ona tili va adabiyot fanidan bilish darajasini baholashning milliy test sinovi test topshiriqlari kitobi, DTM 2021.
7. Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый, (3), 238-242.
8. Mengliboevna, B. S., & Atakhanovich, M. S. (2021). Phonetic-Lexical Commonity and Characteristics in Uzbek and Karakalpak Literature Text Lexemas. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 10, 6-8.


Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin