«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə2/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Tuzuvchilar:

X.O.Qodirov – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Taqrizchilar:

M.X.Xallakova – Farg‘ona davlat universiteti, “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori


F. Xamalova – Farg‘ona VXTXQTMOHM “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi



O‘quv-uslubiy majmua pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari metodikasi kafedrasining 2023-yil “27”-martdagi 3-sonli yig‘ilish qarori bilan ma’qullangan hamda Farg‘ona viloyati PYMO‘MM Ilmiy-metodik kengashining 2023-yil “30”-martdagi 2-sonli yig‘ilishi qarori bilan o‘quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.



KIRISH
So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchi-yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Chunki Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuv jarayonining ko‘zga tashlanayotganligidir. Globallashuv jarayoni o‘z-o‘zidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo‘lga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, boy tajriba va mahoratga ega kadrlargina ega bo‘ladilar.
Xalq ta’limi tizimida pedagog kadrlarni pedagogik faoliyat yuritish huquqini berish bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarida turli ixtisosliklar o‘qituvchilarining intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini boyitishda ularni o‘quv jarayonida pedagogik imkoniyatlardan foydalanishning yangi, innovatsion shakl, metod va vositalari bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega.
Qayta tayyorlash tizimida “Umumiy pedagogika” o‘quv fanining o‘qitilayotganligi pedagog kadrlarni pedagogik usullar, pedagogik imkoniyatlarning tashkiliy, metodik va didaktik imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishlari, ta’lim amaliyotida pedagogik texnologiyalardan foydalanish ko‘nikma-malakalarini hosil qilish uchun sharoit yaratibgina qolmay, kasbiy faoliyatda ulardan samarali foydalanish borasidagi malakalarining mustahkamlanishini ham ta’minlaydi.
Ayni vaqtda “Umumiy pedagogika” o‘quv fani pedagogik faoliyat yuritish huquqini beradigan qayta tayyorlash kurslarida tinglovchilar tomonidan o‘zlashtirilayotgan kasbiy bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini yanada rivojlantirish, keng ko‘lamli ilmiy-tadqiqotlarni olib borish, kuchli raqobat mavjud bo‘lgan mehnat bozorida o‘z o‘rinlarini saqlab qolishlariga yordam beradi.
O‘quv fani doirasida tinglovchilar “Umumiy pedagogika” fani mohiyati, nazariy asoslari, pedagogikaning samarali shakl, metod va vositalari bilan tanishadi, kasbiy faoliyatda pedagogik imkoniyatlarini samarali, maqsadli qo‘llash malakalariga ega bo‘ladi, ta’lim jarayonini oqilona loyihalashtirishga doir tajribalarini yanada boyitadi. Bu esa o‘z navbatida o‘qitish jarayonida pedagoglarning faolliklarini ta’minlash, ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi
Ushbu ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda usluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlaridan kelib chiqib, pedagogik faoliyat yuritish huquqini beradigan qayta tayyorlash kurslarini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin