«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


-rasm. Xalqaro ta’lim tizimini baholash dasturlari



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə63/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

2-rasm. Xalqaro ta’lim tizimini baholash dasturlari
Xalqaro baholash dasturlari turlari. Xalqaro baholash dasturlari ta'lim tizimida mamlakatlar o‘rtasida bilim, o‘qitishning sifatini oshirish va dunyo bo‘ylab ta'lim hamkorliklarini rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladigan dasturlardir. Bu dasturlar, ta'lim sohasidagi hamkorlik va almashtirishni oshirish, ta'limning rag‘batlantirilishi, oliy ma'lumotlarni almashish va ta'lim muasasalarining sifatini yuksaltishga yo‘l qo‘yishni maqsad qiladi (2-rasm).
Quyidagi eng mashhur xalqaro baxolash dasturlari ta'lim tizimida mavjud:
PISA (inglizcha – Programme for International Student Asesment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur. Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilarning bilim sifati o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha monitoring qilinadi va 1000 ballik tizimda baholanadi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan.
PISA – o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi – 15yoshli o‘quvchilar ta’lim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi. Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish, matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib boriladi .
PIRLS – (inglizcha – Progres in International Reading Literacy Study – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlarni boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.
PIRLS yosh o‘quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari o‘qishining ikkita keng qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma’lumot olish va ulardan foydalanish uchun o‘qishdir. Bundan tashqari, PIRLS o‘qish maqsadlarining har birida to‘rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular: diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish, g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish, kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish. O‘qish savodxonligining maqsadi:
- badiiy tajriba orttirish;
- axborotni olish va undan foydalanish. Tushunish jarayoni:
- diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan mа’lumotlarni topish;
- to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish;
- g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish; - kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish.
TIMS – (Trends in International Mathematics and Science Study) maktabda matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi bo‘lib, ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro asotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. Mazkur dastur 4-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim darajasi, sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi. Mazkur dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u dunyodagi maktablarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha berilayotgan ta’lim mazmuni, o‘quv jarayoni, o‘quv muasasasi imkoniyati, o‘qituvchilarning bilim darajasi, tahsil oluvchilarning oilaviy muhiti bilan bog‘liq omillarni o‘rganadi. Ko‘rsatib o‘tilgan omillar matematika fanlarini o‘zlashtirish holatini ko‘rsatishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
PISA va TIMS o‘rtasidagi asosiy farq. PISA va TIMS dasturlarining asosiy farqi eng avvalo ularning turli xil yosh va sinflar toifasida o‘tkazilishidan iboratdir.
Masalan, PISA 15 yoshli o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan bo‘lsa, TIMS esa muayyan yoshdagi o‘quvchilarning emas, balki to‘rtinchi va sakkizinchi sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholaydi. Shu bilan birga, TIMS baholashlari o‘quv dasturlariga asoslangan bo‘lsa, PISA esa, o‘quvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarini real muammolarni hal qila olishlarini baholashga qaratiladi. TIMS aynan maktab bilimlarni o‘zlashtirish darajalarini baholasa, PISA bilim va ko‘nikmalarni maktabda, uyda va jamoatchilik orasida qo‘llay olish darajalariga alohida e’tibor qaratadi.
Ta’limdagi bunday o‘zgarishlar o‘quv dasturi va o‘quv adabiyotlari mazmunini o‘zgartirishga undadi. Ona tili, matematika va tabiiy fanlardan PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar milliy bazasini yaratildi va o‘quv dasturlariga kiritildi. PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar singdirilgan o‘quv dasturlari asosida qo‘shimcha qo‘llanma hamda adabiyotlar yaratish va amaliyotga joriy etildi. 5- sinfdan 11-sinfgacha o‘quv darsliklarida buni ko‘rish mumkin. PISA ona tili, matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishning shakl, metod, texnologiyalarini yangilanib o‘qituvchilarning bu boradagi bilimini oshirilmoqda. Bu fanlardan o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratilib, 2019-2021-yillarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazish niyatida. PISA testlaridan ona tili darslarida foydalansa, o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, matn bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish va sinchkovlik talab etiladigan topshiriqlarni qo‘llash o‘quvchining hayotiy va intellektual ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
PISA va TIMS tadqiqotlarini, ularning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholashini inobatga olinsa, Respublikamizda matematika sohasini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarga ham hamnafas boʻladi deb aytish mumkin.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin