«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə74/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Ijtimoiy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani qo‘llab-quvvatlaydi.
Inkyuziv ta’limning maqsad va vazifalari. Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab etiladi:

  • ta’lim muasasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, korrektsion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;

  • o‘quvchilarning ta’limdagi teng huquqliligini kafolatlash;

  • jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalarning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;

  • imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalardan ajramagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish;

  • jamiyatda imkoniyatti cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan

  • do‘stona va mexr-muhabbat munosabatini shakllantirish.

Inklyuziv ta’limda resurs pedagog va uning vazifalari. Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o‘qitish maktablararo qatnab yuruvchi o‘qituvchi, ya’ni, resurs o‘qituvchi faoliyatini talab etadi. Inklyuziv ta’lim amaliyotda maktablararo qatnab yuruvchi o‘qituvchi va oddiy sinf o‘qituvchisining hamjihatlikdagi harakatlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ba’zi sinflarda bolani ma’lum bir vaqtga sinfdan ajratib olish kerak bo‘lishi mumkin. Hamma vaqt resurs o‘qituvchi sinf o‘qituvchisi bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatishi va bu maxsus ta’lim sohasida mutaxasislikka ega bo‘lishi talab qilinadi.
Maktablararo qatnab yuruvchi resurs pedagog nogiron bolalar uchun kerak bo‘lgan qo‘llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash, homiylar topish, ota-onalarni maktabga yordam berishga jalb qilish va imkoniyati cheklangan bolalar, sog‘lom bolalar hamda sinf o‘qituvchisi o‘rtasidagi mustahkam aloqani o‘rnatish, maxsus resurs qo‘llanmalarni ta’minlash orqali yordam berish, ota-onalar, bolalar, oddiy sinf o‘qituvchilari va maktab ma’muriyatiga maslahatlar berish, shuningdek, maxsus ta’limga muhtoj bolalar uchun faoliyatini tashkil etish va ularga mos keluvchi ta’lim dasturlari haqida muhokamalar yuritish, hatto nogiron bo‘lmagan bolalarning ota-onalariga ham ma’lumotlar etkazib turadi.
Resurs o‘qituvchi faoliyatidan ko‘zlangan asosiy maqsad: umumta’lim muasasalarida ta’lim olayotgan maxsus ta’limga muhtoj o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilariga yordam ko‘rsatishdan iborat.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin