«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə95/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Tarbiya jarayoni – tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy, ma’naviy – axloqiy tajriba, qadriyat munosabatlarini egallab olishlariga faoliyatlarini rag‘batlantirishga, yo‘naltirilgan mahsus tashkil etilgan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorligidagi faoliyati.
Yosh avlodni har tamonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, kerakli shart-sharoitlarni yaratishni o‘z ichiga oladi. Bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir etishdir.
Bolaning aqliy rivojlanishga ta’lim va tarbiya samarali ta’sir ko‘rsatadi tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to‘g‘ri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak. Tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Bolalar tevarak-atrof to‘g‘risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo‘ladilar, asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar. “Axloq” tushunchasi oila fikri asosida tartibga solinuvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. O‘zbek xalqining ma’naviyati haqiqatgo‘y va adolatli bo‘lish, jaholat va
qabixlik yo‘lini to‘sish, insoniylik, mehr-shafqat, ma’rifat, do‘stlik, mardlik, birodarlik, mehmondo‘stlik, poklik, xushxulqlilik, insof, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi.
Estetik tarbiya turmushdagi go‘zallikni, tushunishidir. Estetik tarbiya bolalarga har tomonlama tarbiya berishning bir qismi hisoblanadi.. Bolalarda go‘zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his eta bilish, qayg‘usini birga barham ko‘rish kabi xususiyatlar shakllanib boradi.. Estetik tabiya — ancha keng, faqat san’at vositasidagina emas, balki qayot, mehnat, kishilarning o‘zaro ta’siri vositasida go‘zallikni, anglashni tarbiyalaydi. San’atda esa estetikaning turli-tuman masalalari namoyon bo‘ladi.
Estetik tarbiya o‘quvchilarda o‘rtasida qo‘l mehnati, musiqa, tasviriy san’at ma’lumotlarida. ertaklar o‘qish chog‘ida estetik tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish imkoniyati mavjud.
Mehnat jamiyatning asosi bo‘lib hisoblanib kelgan, Ta’lim-tarbiya jarayonida mehnat tarbiyasini bolalarga singdirish, lozim. Bolalarni mehnatga o‘rgatishda: jamoada mehnat qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash muhimdir.
Mehnatga amaliy tayyorlash jarayonida yoshlarda mehnatsevarlik, shijoat, fidoyilik, halollik, intizomlilik kabi sifatlar akllanib boradi. hnatga bolalar dastlab oilada, maktabgacha tarbiya muasasalarida va tarbiya jarayonining butun tizimida o‘rgatilib boriladi. Bola mehnatning ahamiyatini tushunib yetishi uchun pedagog kattalarning mehnati, bolalarning o‘zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan ekskursiyalar uyushtiradi. Bolalarning har xil mehnat jarayonida ishtirok etishi, kattalar mehnati bilan tanishishi, muhim.



Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin