Rais: Sh.Nurullayeva Muhokamani boshlash uchun kvorum bor. Ilmiy seminar o‘z ishini boshlash vakolatiga ega. Belgilangan taqrizchilar ham ishtirok etmoqda. Ilmiy seminarni boshlash bo‘yicha qanday takliflar bo‘ladi? (Ovozlar: majlis ochilsin). E’tirozlar, biror fikrlaringiz bormi? – Yo‘q. Kim ushbu taklifga rozi bo‘lsa, ovoz berishlaringizni so‘rayman.
– Qarshilar – Yo‘q. – Betaraflar – Yo‘q.
Ilmiy seminar majlisi OCHIQ deb e’lon qilinadi.
Kun tartibida Termiz davlat pedagogika instituti izlanuvchisi Toshpulatov Faxriddin Urolovichning “Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizmachilik) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi.
Kun tartibi bo‘yicha qanday takliflar bo‘ladi?
(Kengash a’zolari: tasdiqlansin.)
Kun tartibidagi masalani ko‘rib chiqishga o‘tamiz.
Dissertatsiya Termiz davlat institutida bajarilgan.