(buyurtma)larni topshirish shartlari Musobaqaga federatsiya me'yor va talablari asosida talabnoma (buyurtma)larni taqdim etish shartlari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq mandat komissiyasi tomonidan talab qilinadi.
Taxminiy talabnoma (buyurtma)lar musobaqa boshlanishidan 10 kun oldin Qashqadaryoviloyat gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga yoki federatsiyaga yuboriladi. Belgilangan muddatda jamoa tarkibini ko'rsatgan holda talabnoma (buyurtma)larni topshirmagan jamoalar musobaqaga qo'yilmaydi. Nomlari yozilgan talabnomalar jamoalar yetib kelgan kuni va mandat komissiyasidan o'tish vaqtida bosh hakam hay'tiga toshiriladi.
Qashqadaryo viloyat sport terma jamoa a'zolari respublika musobaqalarida ishtirok etishi majburiy. Musobaqada qatnashmagan taqdirda, ishtirok etmaganligining sababi ko'rsatilgan rasmiy hujjatni taqdim etishi zarur, aks holda sportchi Qashqadaryo viloyat sport terma jamoa tarkibidan chiqariladi.
Musobaqada ishtirok etish uchun sportchilardan Xalqaro gimnastika federatsiyasi qoidalari asosida sport gimnastika sport turining xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagilar talab etiladi:
pasport yoki tug'ilganlik haqidagi guvohnoma (asli ko'rsatiladi);
tibbiyot muassasasining vrachi tomonidan sportchining musobaqada ishtirok etishiga ruxsat berilishi (imzo va muhri bilan tasdiqlangan holda);
hududiy yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan hamda hududiy federatsiyalar bilan kelishilgan talabnoma (buyurtma)
sug'urta varaqasi;
gimnastikachi sertifikati;
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar va tuman bosqichi musobaqasi bayonnomalarining nusxasi.
Musobaqada ishtirok etish uchun talabnoma (buyurtma), musobaqa boshlanishidan 10 kun oldin tegishli manzilga (telefon raqam, +998916375225 gimnastika@uzmail.uz elektron manziliga) topshiriladi.
Musobaqaga kelish kuni talabnomalarning asl nusxasi musobaqada ishtirok etuvchi jamoa vakili tomonidan mandat komissiyasiga taqdim etiladi.