Musobaqalaming vazifasi Respublika hududlari va sport tashkilotlarida turli yosh toifalarida sport gimnastika sport turi bo'yicha sportchilaming tayyorgarlik darajasini aniqlash va ularni saralab olish, Qashqadaryo viloyatining sport terma jamoalari tarkibini shakllantirish, shuningdek gimnastika sport turi bo'yicha kuchli sportchilarni aniqlash, trener va hakamlarning malakasini oshirish, o'tkaziladigan musobaqalar natijalarini tahlil qilish orqali kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.
III-bob. Musobaqani o'tkazishga rahbarlik Musobaqani o'tkazishga umumiy rahbarlik Qashqadaryo viloyat sportni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan hamda bevosita rahbarlik qilish Qashqadaryo gimnastika federatsiyasi (bundan buyon matnda federatsiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Musobaqani o'tkazishda hakanılar hay'ati ro'yxati bevosita federatsiya tomonidan vazirlikka taqdim qilinadi. Hakanılar hay'ati ro'yxati Qashqadaryo yoshlar siyosati va sport boshqarmasi buyrug'i bilan tasdiqlanadi.
Musobaqani adolatii va shaffof holda o'tkazilishi hakanılar hay'ati zimmmasiga yuklatiladi.
Musobaqada ishtirok etuvchilarning hujjatlarini qabul qilish va rasmiylashtirish musobaqa mandat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Musobaqa davrida ishtirokchilar va tomoshabinlar xavfsizligini ta'minlash choralarini ko'rish, tegishli idoralar va tashkilotlar bilan kelishilgan holda federatsiyaning hududiy bo'limlari (musobaqa qayerda o'tkazilishiga qarab) tomonidan amalga oshiriladi.