Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov



Yüklə 2,73 Mb.
səhifə126/174
tarix07.01.2024
ölçüsü2,73 Mb.
#205597
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   174
Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.

Read (kiritish ro‘yxati)

va

ReadLn(kiritish ro‘yxati)

bu yerda Read (read (ing.) – o‘qish) va ReadLn Paskalning xizmatchi so‘zlari, kiritish ro‘yxati esa bitta o’zgaruvchi yoki o‘zaro vergul bilan ajratilgan bir nechta o‘zgaruvchilar ketma-ketligi. Masalan: Read(a); Read(alfa,beta); ReadLn(_name);.
Kiritish operatori dastur ishlashini to‘xtatadi va ro‘yxatdagi o‘zgaruvchilarga klaviatura orqali qiymat berilishini kutadi. Agar ro‘yxatda bir nechta o‘zgaruvchi bo‘lsa, ularning qiymatlari o‘zaro probel (bo‘sh joy) bilan ajratib kiritilishi yoki ENTER klavishini bosib kiritilishi mumkin. Ikkala holda ham oxirgi o’zgaruvchi qiymati kiritilgach ENTER klavishini bosish shart.
Read va Readln operatorlarining farqlari quyidagicha. Bitta yoki bir nechta alohida yozilgan Read operatori yordamida kiritiladigan o’zgaruvchilar qiymati bir satrda probellar bilan ajratib kiritilishi mimkin. Readln operatori esa faqat o’zining ro’yxatida keltirilgan o’zgaruvchilarnigina qiymatini bir satrda probellar bilan ajratib kiritilishiga imkon beradi. Shuning uchun Readln operatoridagi ro’yxat tugagach keyingi kiritish operatorini ishlashi uchun albatta ENTER klavishini bosish shart.



1–misol.
Var a,b:Integer;
Begin
Read(a);
Read(b);
WriteLn(‘a+b=‘, a+b);
End.

2–misol.
Var
a,b:Integer;
Begin
Read(a, b);
WriteLn(‘a+b=‘, a+b);
End.

Ikkala misolda ham qiymat kiritish quyidagi ikki usuldan birida amalga oshirilishi mumkin.





1-usul: dastur ishga tushirilgach, ekranda satr boshida yurgich chiqadi va dastur a ning qiymati kiritilishini kutib turadi. Masalan, a ning qiymati sifatida 10 ni kiritamiz, so’ng probelni bosib b ni qiymati sifatida 11 ni kiritamiz. Endi ENTER klavishi bosilsa ekranda quyidagilar aks etadi:
10 11
a+b=21

2-usul: dastur ishga tushirilgach, ekranda satr boshida yurgich chiqadi va dastur a ning qiymati kiritilishini kutib turadi. Masalan, a ning qiymati sifatida 10 ni kiritamiz, so’ng ENTER klavishini bosib b ni qiymati sifatida 11 ni kiritamiz. Endi ENTER klavishi bosilsa ekranda quyidagilar aks etadi:
10
11
a+b=21

3–misol.
Var a,b,g,m:Integer;
Begin
Read(a, b);
Read(g); m:=a+g+b;
WriteLn(‘Natija= ‘, m);
End.

4–misol.
Var a,b,g,m:Integer;
Begin
Readln(a, b);
Read(g); m:=a+g+b;
WriteLn(‘Natija= ‘, m);
End.

3-misolda ham qiymat kiritish 1-2-usuldan birida amalga oshirilishi mumkin.





4-misolda a va b o’zgaruvchilarning qiymati probel yoki ENTER klavishlari yordamida kiritilishi mumkin. O’zgaruvchi g ning qiymatini kiritish uchun b o’zgaruvchining qiymatini kiritilgach ENTER klavishini bosish shart. Bu holda ekranda quyidagilardan biri bo’lishi mumkin.

10 11
12
Natija= 33

10
11
12
Natija= 33

O‘zgaruvchilarga qiymat berishda o‘zlashtirish operatori ishlatilsa, dastur bitta qiymat uchun bajarilaveradi, ya’ni o‘zgaruvchining qiymati xotiraga bir marta kiritiladi. Biror o‘zgaruvchi qiymatini almashtirish uchun esa har safar dasturga kirib o‘zgartirish zarur bo‘ladi.
Dasturda biror o‘zgaruvchiga qiymat berishda kiritish operatori qo‘llanilgan bo‘lsa, u holda dasturni ishga tushirib o‘zgaruvchining qiymatini klaviaturadan kiritilaveradi, ya’ni muloqot usulda o‘zgartirilaveradi.
Muloqot usulda ozgina noqulaylik bor, ya’ni qaysi o’zgaruvchiga qiymat kiritayotganimizni yodda tutishimiz shart. Bu noqulayliklikdan qutulish uchun Write yoki Writeln operatoridan foydalanish mumkin. Masalan, Write(‘a= ‘); Readln (a); Write(‘b= ‘); Readln (b); yozilsa, qaysi o’zgaruvchiga qiymat kiritilayotganini ekranda ko’rib turamiz.
Readln operatori beradigan yana bir imkoniyat ham bor. Ma’lumki, Paskal dasturlash tili amallarni juda tez bajargani uchun natijani ko’rishga ulgurmaymiz. Avval aytib o’tilganidek, ekrandagi natijani ko‘rish uchun ALT+F5 klavishlar juftligi bosiladi. Barcha natijalar ekranga chiqarilganidan so’ng natijani ko’rib olgunimizcha dasturni kuttirish uchun end. operatoridan avval ro’yxatsiz readln operatorini yozish kifoya. Bunday holda dastur ishini yakunlash uchun ENTER klavishi bosiladi. Albatta, bu operator kutilgan natijani berishi uchun undan oldin yozilgan oxirgi kiritish operatori ham LN qo’shimchasi bilan yozilgan bo’lishi shart.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin