Line(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranning (X1,Y1) koordinatali nuqtasi bilan (X2,Y2) koordinatali nuqtasini birlashtiruvchi joriy rangli kesma chizadi.
Circle(X,Y,R) operatori markazi (X,Y) nuqtada va radiusi R ga teng aylana chizadi. Endi aylanalar bilan bog’liq masalalarni osongina hal etish mumkin.
1–misol. Uchlarining koordinatalari (10,200) va (630,200) bo‘lgan ko‘k rangli kesma va markazi (300,200) koordinatali nuqtada va radiusi 100 bo‘lgan yashil rangli chizing. Fon sariq rangda bo‘lsin.
Uses Graph;
Var gd, gm : Integer;
Begin Gd:=Detect; InitGraph(gd, gm,‘‘);
SetBkColor(Yellow);
Setcolor(Blue); Line(10,10,630,200);
Setcolor(Green); Circle(300,200,100);
Readln; CloseGraph;
End.
Ellipse(X,Y,BB,OB,XR,YR) operatori markazi (X,Y) nuqtada, x va y o‘qlari bo‘yicha radiuslari mos ravishda XR va YR ga teng ellipsning BB burchagidan OB burchagigacha bo’lgan yoyini chizadi. Burchak gradus o‘lchov birligida beriladi. XR=YR bo‘lsa, aylananing yoyi chizi
Rectangle(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranda yuqori chap burchagi (X1,Y1) koordinatali va quyi o‘ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtada bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizadi.
2–misol. Markazi (300,200) koordinatali nuqtada, x o‘qi bo‘yicha radiusi 100, y o‘qi bo‘yicha radiusi 50, boshlang‘ich burchagi 0o, oxirgi burchagi 135o bo‘lgan qizil rangli yoy va chap yuqori va o‘ng pastki uchlari mos ravishda (10,220) va (300,400) koordinatali nuqtalarda bo‘lgan ko‘k rangli to‘g‘ri to‘rtburchak chizing.
Uses Graph;
Var gd, gm : Integer;
Begin
Gd:=Detect; InitGraph(gd,gm, ‘‘); Setcolor(4);
Ellipse(300,200,0,135,100,50);
Setcolor(1); Rectangle(10,220,300,400);
Readln; CloseGraph;
End.
DrawPoly(BS,KM) operatori siniq chiziq chizadi. BS – siniq chiziqning sinish nuqtalari soni, KM – siniq chiziq sinish nuqtalarining koordinatalari berilgan massiv nomi. Agar siniq chiziq boshlang‘ich nuqtasining koordinatasi bilan oxirgi nuqtasining koordinatasi ustma-ust tushsa, yopiq soha – ko‘pburchak hosil bo‘ladi.
Paskalning turli rang va usulda bo‘yalgan shakllarni chizish operatorlari ham bor. Mazkur shakllarning chegara chiziqlari rangi biz yuqorida ko‘rgan SetColor operatori bilan tanlanadi. Ularning ichini bo‘yash uchun rang va usul Paskalning SetFillStyle(usul,rang); operatori yordamida belgilanadi, bu yerda rang – tanlanayotgan rang kodi, usul – bo‘yash usuli.
Paskalda shakllarning ichini tanlangan rang bilan bir necha xil usulda bo‘yash mumkin. Bo‘yash usullari xuddi ranglar kabi butun sonlar bilan kodlangan. Graph modulida har bir bo‘yash usuliga alohida konstantalar ham ajratilgan. Quyidagi jadvalda bo‘yash usullari, ularning kodlari va mos konstantalarning nomlari keltirilgan: