HTML-hujjat – “html” yoki “htm” kengaytmali matnli fayl bo‘lib, u oddiy matn muharririda teglar qo‘llab yozilgan matn. HTML-hujjat va teglari orasida yozilgan bo‘ladi. HTML-hujjat xotiraga yuklansa, u ekranda web-brauzer yordamida web-sahifa ko‘rinishida aks etadi.
HTML-hujjat, odatda, ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi. Birinchisi HEAD (ing. bosh qism yoki sarlavha) bo‘limi bo‘lib u va teglari orasida joylashadi. Ikkinchi BODY (tana) bo‘limi hujjatni mazmuni aks etadi va u va juft teglarini yozish tavsiya etiladi, lekin majburiy emas.
Web-sahifaga kiritilishi lozim bo‘lgan yana bir element – web-sahifa nomi bo‘lib, nom kiritish uchun juft tegi qo‘llaniladi. Web-sahifada bu teg bir marta ishlatiladi. Web-sahifa nomi web-brauzerning sarlavha satrida aks etib, web-sahifaning ichida ko‘rinmaydi. Shu sababli uni web-sahifaning istalgan joyiga yozish mumkin. Web-sahifaga istalgan nom, masalan, o‘z ismingizni berishingiz mumkin.
HTML tili muttasil rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida web-brauzerlar ham yangilanib turibdi. Hozirgi kunda web-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML-4 tilidan foydalaniladi. Uning ba’zi buyruqlarini “eski” web-brauzerlar (Internet Explorer-3, Internet Explorer-4) bajara olmaydi. M’alumki, turli web-brauzerlar, masalan, Internet Explorer va Netscape ham bir biridan farq qiladi. Shu sababli bitta HTML-hujjat turli web-brauzerlarda biror farq bilan aks etishi mumkin.
E ng sodda web-sahifa faqat matndan iborat bo‘ladi. Biz ham web-sahifa tayyorlashni matn joylashtirishdan boshlaymiz. Buning uchun Windowsning Bloknot matn muharririni ishga tushiramiz (boshqa matn muharriridan foydalansa ham bo‘ladi). Web-sahifa, odatda, matnlar kabi sarlavhadan boshlanadi. Bu bizning birinchi web-sahifamiz bo‘lgani uchun, unga “Bu mening birinchi web-sahifam” – deb, sarlavha yozamiz. Buning uchun Bloknot dasturining ishchi maydoniga rasmdagi matn kiritiladi.
B u matnda , , , , , , , - ma’lumotlar bo‘limi boshlanishini, juft tegi Background parametri bilan qo’llanadi. Bu holda tenglik belgisidan keyin rasmning to’liq manzili qo’shtirnoqsiz yoziladi. Agar rasm web-hujjat joylashgan katalogda bo’lsa, shu rasmning nomi (masalan, Gul.jpg) yoziladi.
Rasmning kengaytmasi, odatda, web-sahifaga yuklanishi tez bo’lishi uchun JPEG yoki GIF formatiga mos bo’lishi kerak, ammo BMP formatli rasm ham ishlatilishi mumkin. Bu haqida keyingi darslarda ma’lumot beriladi.
Dostları ilə paylaş: |