IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar Jadvallar ustida qanday amallar bajariladi?
Jadvalga yangi satr yoki ustun qo'shishni amalda ko'rsatib bering.
Jadvaldan ortiqcha ustun yoki satrlar qanday olib tashlanadi?
Jadvalda blokka olish usullarini amalda ko'rsating.
Mashqlar 1. Quyidagi ko'rinishdagi jadvalni hosil qiling:
V. Uyga vazifa 2. Quyidagi ko`rinishda jadval hosil qilish:
6-sinf
MS word
MS Word
MS Word
6-sinf
BMA
6-sinf
BMA
Qabul qildi : MMIDO` _________S.Egamov Sana:____________________ Mavzu:WordArt obyekti Maqsad: 1) ta’limiy: O`quvchilarga hujjatga WordArt obyektlarini joylashtirish va uni formatlashni o`rgatish.
2) tarbiyaviy: O`quvchilarga estetik tarbiya berish;
3) rivojlantiruvchi: O`uvchilarda WordArt obyektidan foydalanish ko`nikmalarini rivojlantirish.
Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi:
operatsion tizimning elementlaridan foydalana oladi;
axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi;
Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:
sodda grafik muharrirda sodda chizma va rasmlar hosil qila oladi;
grafik muharrir imkoniyatlaridan foydalanib amallar bajara oladi;
Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:
axborot tashuvchi vositalardan foydalana oladi;
DTS: Hujjatga WordArt obyektlarini joylashtirish va uni formatlashni bilish.
Jihoz: MS Word matn protsessori, plakatlar
Darsning borishi I. Tashkiliy davr a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
II. Takrorlash Jadvallar ustida qanday amallar bajariladi?
Jadvalga yangi satr yoki ustun qo'shishni amalda ko'rsatib bering.
Jadvaldan ortiqcha ustun yoki satrlar qanday olib tashlanadi?
Jadvalda blokka olish usullarini amalda ko'rsating.
Jadval kataklari qanday birlashtiriladi?
Jadval kataklarini bo'lishni amalda ko'rsating.
Jadval katagidagi matn yo'nalishi qanday bo'lishi mumkin? Amalda ko'rsating.
III. Yangi mavzuni o`rganish. Worddagi hujjat yanada go'zal bo'lishi uchun unga so'z yoki matn qismini turli grafik shakllarda tasvirlash imkonini beruvchi WordART obyektini joylashtirish mumkin. Masalan, WordART obyekti referat, maqolalarda nom yoki sarlavhalar yozishda ishlatiladi.
WordART kolleksiyasi Hujjatga WordART obyektini joylashtirish Joylashtirish menyusi yoki CHIZISH uskunalar paneli orqali amalga oshiriladi. Buning uchun yurgich matnning WordART obyekti joylashtirilishi kerak boigan joyiga o'rnaliladi. Endi quyidagi usullardan biri orqali WordART kolleksiyasi ekranga chaqirilaili
1- usul. Joylashtirish menyusidan Rasm (Рисунок ►) bo'limiga kiriladi. Bo'limdan WordART obyekti ( Объект WordArt..) tanlanadi.