Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov



Yüklə 2,73 Mb.
səhifə70/174
tarix07.01.2024
ölçüsü2,73 Mb.
#205597
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   174
Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.

III. Yangi mavzuni organish.
Kompyuterning har qanday mantiqiy amali asosiy mantiqiy vositalar (elementlar) yordamida bajariladi. Har bir mantiqy element bir yoki bir nechta mantiqiy amalni bajarilishini ta’minlaydi. Elementlarning o‘zi oddiy elektron sxemalardan iboratdir. Bunda sxema kirish qismiga kelgan signallar argument deyilsa, uning chiqishidagi signallar shu argumentlarning funksiyasi bo‘ladi. Sxemaning ma’lum qismida signalning mavjudligi birni, yo‘qligi nolni ifodalaydi.
Eng sodda va keng tarqalgan mantiqiy elementlar bilan tanishamiz.
Mos tushish sxemasi (“VA” elementi). Mantiqiy ko‘paytirishni amalga oshira­digan sxema tuzish masalasi qo‘yilgan bo‘lsin. Bunday sxema ikki kirish A va B hamda bitta A  B chiqishga ega bo‘ladi.

Kiruvchi va chiquvchi (natija) signallar elektr impulslaridan iborat bo‘lishi kerak. Bunda impuls bo‘lishiga 1, bo‘lmasligiga 0 raqami mos kelsin. Faraz qilaylik, tok manbai, lampochka va ikkita ulagichli elektr sxema yig‘ilgan bo‘lsin. Lampochka yonishini 1 va o‘chgan holini 0 deb qabul qilamiz. Bunday sxema mos tushish sxemasi deb ataladi.

Yig‘uvchi sxema (“YOKI” elementi). Bu sxema kirish signaliga kamroq “talab qo‘yadi”. Kirishlardan kamida birida 1 qiymat bo‘lgan holda chiqishda ham 1 hosil bo‘laveradi.

“Yoki” mantiqiy amaliga bo‘ysunuvchi elektr sxema tok manbai, lampochka va parallel ulangan ikkita ulagichdan iborat bo‘lishi mumkin. Haqiqatan ham, ulagichlardan birini, masalan, X2 ni ulashimiz bilan chiroq yonadi. Mos tushish sxemasidan farqli, bu yerda kirishlardan ixtiyoriy biriga signal tushishi bilanoq chiqishga o‘tadi. Shuning uchun mantiqiy qo‘shish amalini bajaruvchi sxemalar yig‘uvchi sxema nomini olgan. Bunday sxemalar yordamida bir nuqtaga turli-tuman tarmoqlardan tutashmaydigan qilib kuchlanish uzatish mumkin.



Inventor sxemasi (“EMAS” elementi). Inventor sxemasini «teskari zanjir» deb atasa ham bo‘ladi. Unda bitta kirish va bitta chiqish mavjud.

“EMAS” mantiqiy amaliga mos keladigan elektr sxema tok manbai, chiroq va tugmadan iborat. Tok impulsi kirishda signal bo‘lmagan holda paydo bo‘ladi. Haqiqatan ham, tugma bosilsa, tutashtirgich tutashuv joyidan uzi­ladi, ya’ni elektr zanjir ajraladi va chiroq o‘chadi. Tugma qo‘yib yuborilganda, ya’ni kirishda signal yo‘q bo‘lgan holda chiroq yonib turadi. Demak, chiroq yonishi tugmaning holatiga nisbatan teskari ekan.



Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin