Qabul qildi : MMIDO` _________S.Egamov
Sana:__________________
Mavzu: Model turlari
Maqsad: O`quvchilarga modelning turlari haqida tushuncha bersish.
Vazifa:
Ta’limiy: obyekt, uning tavsifi, tavsif siftati, model, model turlari haqida tushuncha hosil qilish.
Tarbiyaviy: aqliy tarbiya berish;
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish,
1. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi
Axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;
2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi
axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi;
3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
Axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;
Darsni borishi:
I. Tashkiliy davr
1) salomlashish;
2) davomatni aniqlash.
II. Takrorlash
Kompyuterda masala yechish nechta bosqichdan iborat?
Nima uchun natija tahlil etiladi?
Kalkulyatorda hisob-kitob ishlarida qanday xatoliklar yuzaga keladi?
Masala shartiga mos tenglama tuzishga misollar keltiring.
III. Yangi mavzuni o`rganish.
Bizni qiziqtirayotgan va o’rganilayotgan narsa yoki jarayon obyekt deb ataladi. Masalan, quyosh sistemasidagi sayyoralar, sport koptoklari, maktabingizdagi kompyuterlar obyektlarga misol bo’ladi. Bir turdagi o‘rganilayotgan obyektlar o‘zining xususiyatlari – tavsifiga ega bo’ladi. Har bir alohida olingan obyekt esa boshqasidan shu tavsifga mos tavsif qiymati bilan farqlanadi. Masalan, o’rganilayotgan kompyuterlar nomli obyektlarning tavsifi: ishlab chiqargan firma nomi, asosiy plata markasi (motherboard), protsessor nomi, protsessor tezligi (CPU), vinchester sig’imi, tezkor xotira (RAM) sig’imi, videoxotira sig’imi bo’lsa, aniq kompyuterning tavsif qiymati: ishlab chiqargan firma nomi FUJITSU SIEMENS, asosiy plata markasi D1170, protsessor nomi Pentium IV, protsessor tezligi 3,06 Ggers, vinchester sig’imi 160 Gbayt, tezkor xotira sig’imi 1 Gbayt, videoxotira sig’imi 512 Mbayt.
Agar o’rganilayotgan obyektlar sayyoralar bo’lsa:
Sayyoralar tavsifi
|
Shakli
|
og‘irligi
|
radiusi
|
aylanish tezligi
|
|
Dostları ilə paylaş: |