Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov



Yüklə 2,73 Mb.
səhifə117/174
tarix07.01.2024
ölçüsü2,73 Mb.
#205597
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   174
Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.

Belgili o‘zgarmaslar apostrof ichiga olingan bitta belgi – harf, raqam yoki maxsus belgidan iborat. Masalan: ‘a‘; ‘B‘; ‘9‘; ‘-‘, ‘ ‘ va hokazo.
Satrli o‘zgarmaslar (belgilardan iborat satr) soni 0 tadan 122 ta belgigacha bo’lgan va apostrof ichiga olingan harf, raqam va maxsus belgilar ketma-ketligidan iborat. Masalan:
‘Toshkent‘; ‘A 549‘; ‘B***M.‘; ‘47%‘; ‘BMA = ‘; ‘..-...-‘ va hokazo.
Apostrof ichida hech narsa yozilmasa u bo’sh satr deyiladi
Mantiqiy o‘zgarmaslar True (rost) yoki False (yolg‘on) mantiqiy qiymatlardan biridir.
Sonli o‘zgarmaslar ikki turda – butun yoki haqiqiy bo‘lishi mumkin. Butun sonlar ishorali yoki ishorasiz ko’rinishda -2147483648 dan +2147483647 gacha bo’lgan butun sonlardir. Agar butun sonli o’zgarmas bu oraliqdan chiqib ketsa, translyator bu xato haqida xabar beradi. Haqiqiy sonlar o‘z navbatida qo‘zg‘almas nuqtali va qo‘zg‘aluvchi nuqtali sonlarga bo‘linadi.
O‘nli kasrlarning butun va kasr qismini ajratuvchi “vergul” o‘rniga Paskal dasturlash tilida “nuqta” yoziladi.
Qo‘zg‘almas nuqtali sonlar – o‘nli kasr ko‘rinishidagi sonlardir. Masalan:
– 2.753; 283.45; 0.517; – 0.0013.
Qo‘zg‘aluvchi nuqtali sonlar – eksponensial ko‘rinishda (E yoki e yordamida) ifodalangan sonlardir. Sonlarni yozishning bu usuli juda kichik yoki juda katta sonlarni ifodalashda juda qulay. O’qilishi quyidagicha:
2.1E+07 – “2.1 ko’paytirilgan o’nning 7 - darajasi”;
2.301e–63 – “2.301 ko’paytirilgan o’nning minus 63 - darajasi”.
Masalan, 3400000000 = 3,4·109 soni Turbo Pascalda 3.4E+09 kabi eksponensial ko‘rinishda yoziladi. E harfidan oldin yozilgan son mantissa, E harfidan keyin yozilgan son esa tartib deb ataladi. Mantissa butun yoki qo‘zg‘almas nuqtali son, tartib esa faqat butun son bo‘lishi mumkin. Masalan:
37.3879 E-3= 0.0373879; 5.31 E+5= 531000; -0.075 E-5= -0.00000075; -2.37 E-4= -0.000237
Paskal tilida tuzilgan dasturda tavsiflangan o‘zgarmaslar ishtirok etishi mumkin. Masalan,

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin