2) tarbiyaviy: o`quvchilrga iqtisodiy tejamkorlik tarbiyasi berish;
3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarda Paskal tilida standart funksiyalar va algbraik ifodalarni yozish ko`nikmalarni rivojlantirish.
1. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;
2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi;
3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi Axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;
DTS: Paskal tilida standart funksiyalar va algbraik ifodalarning yozilishi haqida ma’lumotga ega bo`lish.
Darsning borishi I. Tashkiliy davr II. Takrorlash Hayotda uchraydigan jadval ko‘rinishidagi miqdorlarga misol keltiring.
Chiziqli massiv qanday o‘lchovlarda bo‘ladi?
Massivda indeks nima uchun zarur?
Massiv elementlarining indekslari qanday qiymatlar qabul qilishi mumkin?
Jadval ko‘rinishidagi miqdorlarning turlarini qanday ajratish mumkin?
III. Yangi mavzuni o`rganish Funksiya tushunchasi sizga matematika fanidan ma’lum. Funksiyalarning xususiyatlariga qarab turli sinflarga ajratgansiz. Masalan, chiziqli, kvadratik, trigonometrik va hokazo. Shunday funksiyalarning ba’zilaridan Paskal dasturlash tilida ham foydalaniladi. Paskalda funksiyalardan foydalanish qulay bo‘lishi uchun ba’zi funksiyalar dastur translyatori ta’minotiga kiritilgan. Dastur translyatori ta’minotiga kiritilgan funksiyalar standart funksiyalardeyiladi. Bu funksiyalarning ko’pchiligi sizga Excel dasturi orqali tanish.
Quyida Paskalning ba’zi standart funksiyalarini izohi bilan keltiramiz: