WordART obyekti qanday usullar bilan joylashtiriladi?
WordART uskunalar paneli qanday imkoniyatlar beradi?
WordART obyekti shaklini (formasini) o'zgartirishni amalda ko'rsating.
Informatika fanidan referat uchun muqova tayyorlang.
WordART da tayyorlangan obyektni erkin burishni amalda ko'rsating.
WordART da tayyorlangan obyektning formatini o'zgartirishni amalda ko'rsating.
III. Yangi mavzuni o`rganish. Matematikadan yoki fizikadan darsliklaringizni varaqlasangiz, turli ko'rinishdagi ifoda va formulalarni ko'rasiz. Turli ifoda va formulalarni yozish uchun Word dasturining formulalar muharriri deb ataluvchi imkoniyatidan foydalaniladi.
Formulalar muharririni ishga tushirish
Avval yurgich formula yozilishi kerak bo'lgan joyga joylashtiriladi. So'ng formulalar muharriri quyidagi ketma-ketlikda ishga tushiriladi:
Joylashtirishmenyusidan Obyekt ( Объект,.,) bo'limi tanlanadi.
Ochilgan Obyektni joylashtirish (Вставка объекта) oynasidan Microsoft tenglamalari (Microsoft Equation 3.0) bo'limi tanlanadi.
Natijada yurgich turgan joyda formula yozish lavhasi va formulaga amal belgilar-ni tanlash imkonini beruvchi quyidagi Formula oynasi aks etadi.
Agar uskunalar panelida formulalar muharriri uskunasi belgisi [ ] joylashtirilgan bo'lsa, u holda formulalar muharririni ishga tushirish uchun shu uskunani tanlash kifoya.
Formulalar muharridan chiqish uchun sichqoncha ko'rsatkichini ish maydonimng bo'sh joyiga olib kelib chap tugmasi bir marta bosiladi.
Formulalar muharriri imkoniyatlari Formulalar muharririning imkoniyatlari juda keng. U 19 ta bo'limdan iborat bo'lib, har bir bo'lim ma'lum bir amallar belgilari majmuyidan iborat. Masalan, turli ko'rinishdagi munosabat belgilari, kasrlar va radikallar belgilari, qavslar shablonlari shular jumlasidandir.
Shu amal belgilaridan foydalanib quyidagilarni yozamiz (o'zingiz mustaqil yozib ko'ring):
1. 2. 3.
Agar yozilgan formulada xatolik bo'lsa, bu formulaga tuzatish kiritish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichini yozilgan formula ustiga olib kelib chap tugmasi ikki marta bosiladi. Natijada yozilgan formula lavhasi ochiladi va ekranda Formula oynasi aks etadi. Shundan keyin yurgichni kerakli joyga sichqoncha yoki yo'nalish klavishlari yordamida joylashtirish va xatolikni tuzatish mumkin bo'ladi.