V. Uyga vazifa:Mavzuni o`rganish.
Qabul qildi : MMIDO` _________S.Egamov
Sana:___________________ Mavzu: Axborotlarni kodlash usullari Maqsad: O`quvchilarga axborotlarni kodlash haqida tushuncha berish. 1. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi: axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi;
axborot texnologiyalarining ichki va tashqi omillari, multimedia texnologiyalari haqida bilimga ega bo‘ladi;
2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi: matn protsessorida shrift, xatboshi va sahifa formatlaridan foydalana oladi;
Internet va boshqa resurslardan olingan axborotlarni tahrir qila oladi.
3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi: axborot tashuvchi vositalar yordamida axborotlarni uzatish imkoniyatlaridan foydalana oladi;
axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;
DTS: Axborotlarni kodlash haqida tushunchaga ega bo`lish.
Darsning borishi: I. Tashkiliy davr a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash
II. Takrorlash Axborot ustida qanday amallar bajarish mumkin?
Axborotni hosil qilish, to'plash, soddalashtirishga misollar keltiring.
Inson tanasida axborotni to'plash va qayta ishlashga misol keltiring.
Axborotni nusxalash, o'lchash, buzishga misollar keltiring.
Axborotlarni uzoq masofaga uzatish usullariga misollar keltiring.
Axborotlarni kompyutersiz va kompyuterda saqlash vositalariga misollar keltiring.