Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə34/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

Bekor titibman go‘ng uyum-uyum.
Tentaklar borki, buni suyushar,
Hattoki qimmatbaho qo‘yishar.
Menga nima, bu-nimaga darkor,
Topib olsaydim bir dona arpa
Hyech bo‘lmas edim bunchalik xafa.
To‘g’ri, arpada inju ko‘rki yo‘q,
Lekin, jig’ildon bir oz bo‘lar to‘q.”


Nodonlar borki, tentak xo‘rozday fikr qiladi.
Yerga uradi asl buyumning qadrini bilmay.

Go‘zallikning asl mohiyatini tushunmay, uni faqat o‘z nafsi, manfaati nuqtai nazaridan o‘lchaydigan farosatsiz insonlar Xo‘roz obrazi vositasida g’oyatda kuchli piching (kesatiq) orqali fosh qilinmoqdaki, aslning , odamiylikning qadri balandligi, unga yetishish nodonlarning qo‘lidan kelmasligi baralla uqdirilmoqda. Nodonlikdan, tentakliklan forig’lik(qutulish)ka chaqirmoqda.


Latifa(arabcha so‘z, ma’nosi “nozik, yoqimli, zarif”) xalqning o‘tkir mushohadasi asosiga qurilgan yoqimli va nozik kulguli eng kichik va nodir “hikoya” (“zarifa”, “ajiba”) sidir. Unda eng qisqa shakldagi qiziq voqeaning bir epizodi nasriy yo‘lda kulguli qilib aytiladi, epizod qiziqarli umumlashmaga, muhim fikrga, yorqin ifodaga boy bo‘ladi, bu xususiyati-topqirlik va mahorat bilan yaratilgan bo‘lsa, kishi xotirasida uzoq saqlanadi. Ayni paytda, ular og’izdan og’izga tez o‘tib, yanada sayqallashadilar.
Latifaning eng muhim xususiyatlaridan yana biri undagi konfliktning ikki (ijobiy va salbiy) qutbligidir, uning yorqin, bo‘rtib ko‘rinishidir; “boshqacha bo‘lishi mumkin”, degan tushunchaga o‘rin qoldirmasligidadir.
Latifa hamisha hayot bilan aloqadorlikda tug’iladi. Har bir davrning, qavmning, millatning salbiy illatlari ayovsiz fosh etiladi, poraxo‘rlik, lo‘ttibozlik, mansabparastlik, maishatbozlik, eskilik, go‘llik, laqmalik, kaltafahmlik, farosatsizlik, ziqnalik, xasislik, uquvsizlik, dangasalik kabi kamchilik va nuqsonlar ustidan achchiq kulgu qo‘zg’otadi. Uni yaqqol misolini gabrovoliklar (Bo‘lg’oriya), shildaliklar (Olmoniya), qazvinliklar (Eron), shirinilar (Buxoro), oltiariqliklar (Farg’ona), xonqaliklar (Xorazm) latifalarida yaqqol ko‘rish mumkin.
Ziqna Shirini ko‘k choy ichib, ishkomning soyasida yonboshlab yotgan edi, kimdir radiodan aytib qoldiki, har qaysi atom bombaning qiymati bir necha million so‘m turadi!
-E-e xudo!-deb yubordi Shirini falakka ko‘z tikkancha. - Axir seni saxovatli deydilar-ku! Agar shunday bo‘lsa, chindan bor bo‘lsang, bir hikmat qil: shu bombaning aslidan bizning chorboqqayam bittagina tashla, shunda kun ko‘rib, odamga o‘xshab yashay!”(Oxunjon Safarov. Shirinqishloq latifalari. Buxoro nashriyoti. 1994, 56 -bet).
Latifaning eng kichik ko‘rinishi matbuotda “xanda”lar nomi bilan yuritiladi. Xandalar biron-bir epizodning “qaymog’ini” - mohiyatini birdaniga kulminasion cho‘qqiga chiqaradi va dialogik nutq vositasida uni kulgili tarzda yechimga olib keladi. Jumladan,
Folbin mijoziga fol ochayapti.

  • Ellik yoshgacha pulsizlikdan qiynalasan.

  • Keyin-chi?

  • Keyinmi?.. Ko‘nikib ketasan”.

Hikoya (arabcha so‘z, ma’nosi: “1) biror narsaning og’zaki bayoni, tafsiloti; 2) nasriy yo‘l bilan yozilgan kichikroq badiiy asar”) – Izzat Sultonning asosli ta’kidlashicha, latifa mazmuniga kirgan voqeadan kattaroq, ammo povestga mazmun beruvchi voqeadan kichikroq sarguzashtni, ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan bir epizodni tasvirlaydi. Darvoqye, u “... minglab bo‘laklarga bo‘lingan romandir... kishilik taqdirining poyonsiz poemasidan bir epizod... shunday voqea va hodisani tanlab oladi va o‘zining tor ramkasida ifoda etadi” (V.Belinskiy). Hikoyanng eng ixcham ko‘rinishi novella (it. novella - yangilik) deb yuritiladi. “Xarakterning muayyan vaziyatdagi holati voqeaning keskin burilish nuqtasida, dinamik syujet, kuchli dramatizm, kutilmagan yechim asosida ko‘rsatish - hikoya (novella) uchun eng xarakterli xususiyatdir” (T.Boboyev). Abdulla Qahhorning “Anor”, “Bemor”, “O‘g’ri” kabi asarlari hikoya janri talablariga to‘liq javob berishi bois, ular mumtoz hikoyalar sanaladi. Ularda kitobxon uchun yangilik bo‘la oladigan turmush voqealari realistik va qiziqarli tasvirlangan.
Novella janri inson hayotining tipik bir lahzasini tasvirlagani uchun, shu lahzani shunchalik yorqin ifodalashi kerakki, unda hamma so‘zlar badiiy “yuk” tashishi, “so‘z isrofgarchiligiga sabab bo‘ladigan ortiqcha detallar ham bo‘lmasligi” lozim. Bu haqiqatni so‘z san’atining buyuk ustasi Abdulla Qodiriy “O‘qish-o‘rganish” maqolasida A.P.Chexovning “Chinovnikning o‘limi” nomli g’oyatda siqiq, quyuq yozilgan hikoyasi misolida asoslaydi. U yozadi:
“Hikoyani “ser suv” (ko‘p suvli) qiladigan narsalardan biri ko‘rsatish o‘rniga so‘zlab berishdir. Agar Ochumilovning “Baqalamun” ekanini uning so‘zlari orqali ko‘rsatilmasa, avtor tomonidan ta’riflansa, dunyo-dunyo so‘z ketar edi. Chexov buni aytib bermasdan, Ochumilovning o‘z so‘zi bilan ko‘rsatadi.
Ochumilovning dastlabki fikri:
- Itni o‘ldirish kerak, quturgan bo‘lsa ham ajab emas”.
It generalga qarashli, deyilgandan keyin:
-It nozik, sen ho‘kizday, bo‘yingni qara! ”
Yana it generalniki emas, deyilgandan keyin:
-Generalning itlari qimmatbaho narsalar edi. Bu bo‘lsa, egasiz daydi itga o‘xshaydi. Epaqalik yungi ham yo‘q. Shunday bema’ni itni ham saqlaydimi kishi!”
Yana, it generalniki, deyilgandan keyin:
-Balki qimmatbaho zotli itdir”.
Oshpaz, it generalniki emas, degandan keyin:
-Bu egasiz daydi it”.
It generalning akasiga qarashli ekani ma’lum bo‘lganda:
-Yaxshigina it ko‘rinadi. O‘lguncha yugurdak ko‘rinadi”.
Mana bu dialoglarga avtorning hyech qanday izohi kerak emas. Bu dialoglar ham voqeani siljitadi, ham hikoya qahramoni Ochumilovni xarakterlaydi...
“Baqalamun” hikoyasining biron so‘zini chiqarib tashlash yoki biron so‘zni qo‘shish mumkin bo‘lmaganligi, so‘zga naqadar diqqat qilganligini ko‘rsatadi.”1

Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin