f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA
FUTURIZM (lot. futurum – kelajak) – XX asr boshlarida maydonga kelgan avangardistik oqim, san’atning deyarli barcha turlarida kuzatilgan, ayniqsa, tasviriy san’at va haykaltaroshlikda ta’siri kuchli bo‘lgan, badiiy adabiyotda ham sezilarli iz qoldirgan. F.ning o‘z vatani Italiyada, shuningdek, Rossiyada kengroq ommalashdi. F.ning adabiy-yestetik va g‘oyaviy qarashlari F.Marinettining “Futurizm manifesti” (1909) asarida o‘z ifodasini topgan. F. adabiy-madaniy an’analar bilan aloqani to‘la uzish, yangi zamon (kelajak)ning yangi adabiyot va san’atini yaratish da’vosi bilan maydonga chiqdi. Qisqacha aytilsa, F. namoyandalari jamiyatdagi taraqqiyot tendensiyalaridan kelib chiqqan holda, uning ertasini, ertangi inson va insoniy munosabatlarni o‘zlaricha tasavvur qiladilar va shunga mos adabiyotni yaratish da’vosi bilan maydonga chiqdilar.
GLOSSARY